Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


 -modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/38
tarix02.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151479
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
436-II-сон 12.12.2002. Umumiy harbiy majburiyat va harb

48 -modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy
yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
o‘tayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) bo‘shatilganligidan yoki iste’foga chiqarilganligidan qat’i
nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
IX. YAKUNLOVChI QOIDALAR
49-modda. Fuqarolarning harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y berish hollariga
mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz yoki favqulodda vaziyatlar ro‘y
berish hollariga mo‘ljallangan harbiy tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga
binoan tashkil etiladi va ularning ish, o‘qish yoki turar joylarida ishlab chiqarishdan yoki o‘qishdan
ajralmagan holda amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)
Fuqarolarning harbiy tayyorgarligini tashkil etish va unga rahbarlik qilish O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati
organlari zimmasiga yuklatiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
hokimliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan
birgalikda harbiy tayyorgarlikning zarur o‘quv-moddiy bazasini yaratadilar, harbiy tayyorgarlik
rahbarlarini tanlash va tayyorlashni ta’minlaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish tartibi va bunday tayyorgarlikdan ozod etiladigan
shaxslar doirasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(49-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-iyundagi O‘RQ-38-sonli
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 6-son, 262-modda)

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin