Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari fuqarolarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini, ularning harbiy xizmatga chaqirilishi hamda
chaqirilganlarning harbiy qismlarga jo‘natilishini amalga oshirish uchun mudofaa ishlari organlarini
uskunalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yig‘in) punktlari, dori vositalari, tibbiyot va xo‘jalik mol-mulki,
avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari
shart.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Urush davrida o‘tkaziladigan safarbarlik rejalari to‘liq va sifatli bajarilishi uchun vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda ta’lim muassasalari
joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qaroriga binoan tinchlik davrida mudofaa
ishlari organlari bilan birgalikda harbiy xizmatga majburlarni xabardor etish va harbiy xizmatga
majburlarni hamda texnikani yig‘ish uchastkalarini tashkil etadilar, ana shu uchastkalarning shaxsiy
tarkibini harbiy xizmatga majburlar bilan ularni asosiy ish (xizmat) joyidagi vazifalaridan ozod
etmagan holda to‘ldiradilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha
komissiyalar a’zolarining, chaqiruv uchastkalari va yig‘in punktlarida ishlovchi vrachlar, o‘rta tibbiyot
xodimlarining, yordamchi xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish joyi, lavozimi va o‘rtacha
ish haqi ular belgilangan vazifalarni bajarishining butun davrida saqlanib qoladi. Bu
komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining ta’minoti xarajatlari mahalliy budjet
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(50-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-718-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 03/21/718/0920-son)
Agar ushbu moddaning
to‘rtinchi qismida
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘z zimmalariga
yuklatilgan vazifalarni doimiy turar joyidan chetga chiqish bilan bajarsalar, ularning turar joyidan ish
joyiga borish va u erdan qaytib kelish, turar joyni ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlari mudofaa
ishlari organlarining taqdimiga ko‘ra tegishli hokimliklar tomonidan qoplanadi, ularga xizmat
safarlari uchun belgilangan normalar asosida kundalik xarajatlari puli to‘lanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: