aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rmaganda.
48 -modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi
Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi,
kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan
chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda
hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi
sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar
tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini o‘tkazadi.
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv,
surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, komandir (boshliq)
tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmasligi mumkin.
O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining
kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni
(yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin
ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qoplashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: