II gruppa kationlari aralashmasining sistematik analizi. Ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti ta’siridan ajratilgan yoki sulfatlar karbonatlarga aylantirilgandan keyin olingan BaCO3, SrCO3 va CaCO3 cho’kmalari 2 N li CH3COOH eritmasi yordamida eritiladi.
Ba2+ ionini topish va ajratish.Eritmadan 2-3 tomchi olib, unga K2Cr2O7 + CH3C00Na ta’sir ettiriladi. Agar sariq cho’kma - BaCrO4 hosil bo‘lsa, eritmada Ba2+ bo‘ladi. Ba2+ ioni Sr2+ va Ca2+ ionlarini topishga xalaqit qiladi. Shuning uchun agar eritmada Ba2* boisa, uni eritmadan ajratish zarur. Buning uchun ikkinchi gruppa kationlari aralashmasi eritmasining bir qismiga (ikkinchi qismi qo’shimcha tekshirish uchun olib qo’yiladi) pH=4-5 bo’lganda K2Cr2O7 + CH3COONa ta’sir ettirib, BaCrO4 cho‘ktiriladi. Cho'kmali aralashma 1-2 daqiqa davomida suv hammomida qizdiriladi. So’ngra cho’kma sentrifuga yordamida to’liq ajratib olinadi. Eritmada Ba2+ bo’lmasa. bu bosqich tushirib qoldiriladi.
Sr2+ va Ca2+ ionlarini cho'ktirish.Ba2+ ionini cho’ktirish maqsadida eritmaga qo’shilgan ortiqcha K2Cr207 rangli boiganligidan analizga xalaqit qiladi. Shu bois eritmadagi Sr2+ va Ca2+ ionlarini cho’ktirish zarur bo’ladi. Buning uchun eritmaga pH< 10 bo’lguncha qattiq Na2CO3 qo’shib, aralashma suv hammomida 2-3 daqiqa qizdiriladi. Hosil bo’lgan SrC03 va CaCO3 cho’kmalar sentrifugalab ajratiladi, so’ngra cho’kma yuviladi.