Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə8/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Sr2+ ionini topish va ajratish. SrCO3 va CaC03 cho’kmalari 2 N li CH3COOH eritmasida eritiladi. CH3COOH da eritib olingan eritmaning 1-2 tomchisiga CaS04 ning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi qo’shib, suv hammomida qizdirilganda SrS04 ning oq loyqasi hosil bo’lsa, demak, eritmada Sr2+ bor deyish mumkin. Eritmaga CaS04 qo’shganda cho’kma darhol hosil bo’lsa, bu Ba2+ ionining to’liq ajratilmaganligini ko’rsatadi. Agar eritma yana 8-10 daqiqa qizdirilganda u loyqalanmasa, demak, Sr2+ qolmaganiga ishonch hosil qilish mumkin. Eritmada Sr2+ bo’lsa, uni eritmadan ajratish kerak bo’ladi. Buning uchun tarkibida Sr2+ va Ca2+ ionlari bo’lgan eritmaga bir necha tomchi ammiak ishtirokida (NH4)7S04 eritmasidan 10-15 tomchi solinadi va qizdirib turib, CaS04 cho’kmasi hosil qilinadi. CaS04 ning eruvchanlik ko’paytmasi SrS04 dan ~ 74

marta katta boiganligidan bu sharoitda CaS04 amalda cho‘kmaydi. Ammo, cho'kma sentrifugalab ajratib olsa bo‘ladi. Sentrifugat Ca2+ ionini topish uchun ishlatiladi. Agar eritmada Sr2+ bo'lmasa, bu bosqich tushirib qoldiriladi.
4. Ca2+ ionini topish. Senrifugatga 4-5 tomchi (NH4)2S204 eritmasidan qo‘shib qizdirilganda, oq CaC204 cho‘kmaning hosil boMishi Ca2+ ionining borligidan darak beradi. Agar bunda oq cho'kma tushmasa, demak, eritmada Ca2+ ioni yo‘q ekan, deyish mumkin.


Laboratoriya ishi №2


III guruh kationlarini ochish reaksiyalari va aralashmasining analizini bajarish.
Uchinchi analitik gruppa kationlari qatoriga alyuminiy, rux, marganets (II), temir (III), temir(II), xrom (III), titan (IV), nikel (II), kobalt (II), berilliy, sirkoniy (IV), uran (II), galliy (III), ittiriy(III), indiy (III), lantan (III), gafniy (IV), aktiniy (III), seriy (III), toriy (IV), skandiy (III) va boshqa kationlar kiradi. Ular ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti - ammoniy sulfid ta`siridan gidroksid va sulfidlar shaklida cho`kadi. Uchinchi gruppa kationlari I va II gruppalar kationlaridan sulfidlarining pH~9,2 bo`lgan sharoitda suvda erimasligi bilan farq qiladi. Bu gruppa kationlarining sulfidlari suyultirilgan kislotalar eritmalarida eriydi. Kationlarni ammiakli bufer aralashma ishtirokida gruppa reagenti bilan qizdirib turgan holda cho`ktirilganda alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) kationlarining gidroksidlari kam eruvchanligi uchun gidroksidlar shaklida cho`kadi. Gidroksidlar shaklida, shuningdek, uchinchi gruppa kationlari qatoriga kiradigan, lekin bizning ko`rib chiqish doiramizga kirmaydigan berilliy, sirkoniy, lantan (III), skandiy (III) va boshqa kationlar ham cho`kmaga tushadi. Bundan tashqari, bu kationlar sulfidlari qaytmas gidrolizga uchraydi. Shunday sharoitda qolgan kationlar sulfidlar shaklida cho`kadi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin