Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Ikkinchi usul. II gruppa kationlari sulfatlarining to'liq cho'ktirib ajratilganiga ishonch bo'lmasa, sulfatlari ajratilmagan tekshiriladigan aralashma ikkiga bo'linib, ikkita chinni kosachaga solinadi. Chinni kosachalar raqamlanadi. Birinchi chinni kosachadagi cho‘kmali eritmaning hajmidan 2-3 marta ko‘p to‘yingan natriy karbonat, ikkinchi kosachadagi eritmaga shuncha miqdor to‘yingan kaliy karbonatning eritmalaridan qo‘shib, aralashmalar qaynaguncha qizdiriladi. Aralashmalar 20-30 daqiqa qaynatilganda ikkinchi gruppa kationlari sulfatlarining bir qismi yuqoridagi reaksiya bo‘yicha karbonatlarga aylanadi. Eritmalarga o‘tgan sulfat ion to‘kib tashlanadi. Qoldiqlar yana bir necha marta to‘yingan natriy karbonat va kaliy karbonat eritmalari bilan (mos ravishda) ishlanib, suyuqliklar ketma-ket to'kib tashlanadi. Bunda yana ikkinchi gruppa kationlarining karbonatlari va magniyning gidrokarbonati cho‘kmada qoladi. Hosil qilingan karbonatlar va gidrokarbonat filtrlab yoki sentrifugalab ajratiladi. Qoldiqlar cho‘kma tarkibida biroz Na2C03 yoki K2C03bo‘lgan suv bilan (mos ravishda) astoydil yuvilsa, cho'kmalar toza karbonatlar va gidrokarbonatlardan iborat bo‘lib qoladi. Cho‘kmadan sulfatlaming toiiq ajratilganini tekshirib ko‘rish uchun distillangan suv bilan oxirgi marta yuviladi va yuvindiga xlorid kislotali bariy xlorid eritmasi tomiziladi. Tomchi tushganjoy loyqalanmasa, demak, sulfatlar to'liq ajratilgan deyish mumkin. Qoldiqlardan (1-cho‘kma) Ca2+, Sr2+ va Ba2+ ionlari topiladi.
Sulfatlaming karbonatlarga o'tishi sababini ulaming eruvchanlik ko'paytmalari qiymatlarini taqqoslash orqali bilib olish mumkin: stronsiy karbonatlarining eruvchanlik ko'paytmalari kalsiy va stronsiy sulfatlarinikidan ancha kichik bo'lganligidan kalsiy va stronsiy sulfatlari osongina karbonatlarga aylanadi. Biroq bariy karbonatning eruvchanlik ko'paytmasi qiymati bariy sulfatnikidan qariyb ellik marta katta bo'lganligi uchun almashinish reaksiyasi tufayli hosil bo'ladigan bariy karbonat juda oz miqdorda bo'ladi. Shuning uchun cho'kma ko'p marta natriy yoki kaliy karbonat bilan ishlanishi va har bir ishlovdan keyin eritma cho'kmadan ajratilishi shart. Ishlov uchun olinayotgan karbonatning konsentratsiyasi sulfat konsentratsiyasidan kamida 50 marta ortiq bo’lishi kerak (karbonatlar va sulfatlar eruvchanlik ko‘paytmalari orasidagi farq qiymaticha).
Karbonatlarga aylantirilgan ikkinchi gruppa kationlari cho’kmasi sirka kislotada eritib tekshiriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin