Umumiy kimyo



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə4/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

I-II guruh kationlari
Birinchi analitik gruppa kationlariga kaliy, natriy, ammoniy, litiy va magniy kationlari kiradi. Ular umumiy gruppa reagentiga ega emas. Bu xossa ularni boshqa gruppalardan farqlab turadi. Birinchi gruppa kationlari ikki gruppachaga bolinadi: NH4+, K+(Rb+, Cs+) va Na+, Li+, Mg2+ Birinchi gruppacha kationlari Na3[CO(NO2)6] NaHC4H4O6 reagentlari ta`siridan cho`kadi. Ikkinchi gruppacha umumiy reagentga ega emas. Kaliy, natriy, ammoniy, litiy ionlarining gidroksid, xlorid, nitrat, atsetat, sulfat va sulfidlari suvda yaxshi eriydi va ular rangsiz. Ularning xromat, dixromat, manganat, geksanitritokobaltat, ferrosianid va ferrisianidlari rangli Ishqoriy metallar gidroksidlari kuchli ishqorlar bo`lib, suvda to`liq ionlanadi. Shu bois ularning kuchli kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari gidrolizlanmaydi, kuchsiz kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari ishqorli gidrolizlanadi. Ammoniy gidroksid kuchsiz asos bo`lganligi uchun ammoniy tuzlari gidrolizlanadi.

Ikkinchi analitik gruppa kationlariga kalsiy, bariy va stronsiy kationlari kiradi. Ular umumiy gruppa reagentiga ega emas. Bu xossa ularni boshqa gruppalardan farqlab turadi.


Bariy kationining reaksiyalari
Ammoniy karbonat bariy ioni bilan sekin-asta yirik kristall cho`kmaga aylanadigan oq amorf cho`kma hosil qiladi:
BaCl2+ (NH4)2CO3→BaCO3↓+2NH4Cl
Ba2+ + CO32- → BaCO3


Kalsiy kationing reaksiyalari

Ammoniy karbonat - (NH4)2CO3 kalsiy ioni bilan qizdirilganda kristal holatiga o`tadigan oq amorf cho`kma - CaCO3 hosil qiladi:


CaCl2 + (NH4)2CO3 → CaCO3 + 2NH4C1
Ca2+ + CO32- → CaCO3
СаСОз cho`kmasi kuchli kislotalar va CH3COOH da eriydi

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin