Reaksiyani bajarish. 2-3 tomchi CaCl2 eritmasiga (NH4)2CO3 eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi.
Ammoniy oksalat - (NH4)2C2O4 Ca2+ ioni bilan qo`shilganda CaC2O4 ning oq mayda kristall cho`kmasini hosil qiladi:
CaCl2 + (NH4)2CO3 → CaC2O4↓ + 2NH4Cl
Ca2+ + C2O42- → CaC2O4↓ Reaksiyani bajarish. Bunda 1-2 tomchi CaCl2 eritmasiga 2-3 tomchi (NH4)2CO3 eritmasi qo`shiladi.
Sulfatlarni ajratish.Tekshiriladigan aralashmada sulfatlar borligi aniqlansa, eritmadan 0,5-1 ml olinib, unga 5-6 tomchi 6 N H2S04eritmasi, bir necha millilitr 96 % li etil spirti qo'shiladi va aralashma 60-80 °C haroratda qizdiriladi. Bunda ikkinchi gruppa kationlarining to‘la cho‘kishiga erishiladi. So'ngra cho'kma sentrifugalab ajratiladi. Cho'kma spirt bilan ajratilgandan keyin uning tarkibini tekshirish uchun sulfatlar natriy yoki kaliy karbonatning to‘yingan eritmasi yoxud qattiq tuzlari bilan yuqori haroratda ishlanadi.
Sulfatlarni karbonatlarga aylantirishning ikki usuli mavjud. Birinchi usul. Sulfatlar cho‘kmasini chinni kosacha yoki tigelga
o'tkazib, unga nisbatan o‘n hissa ko‘p Na2CO3 yoki K2CO3 bilan birga qizdirilganda sulfatlar quyidagi reaksiya bo'yicha karbonatlarga aylanadi:
BaCl2 + Na2CO3 -» BaCO3 + Na2SO4 Hosil qilingan qotishmani bir necha marta distillangan suv bilan yuvib, undagi natriy sulfat va ta’sirlashmay qolgan natriy karbonat to'liq ajratib olinadi. Sulfat va karbonatlar toiiq ajratilganligini tekshirish uchun yuvindi suvga kislotali muhitga keltirilgan BaCl2 eritmasi qo'shib ko'riladi. Agar cho'kma hosil bo'lmasa, natriyning sulfat va karbonati to'la ajratilgan hisoblanadi. Karbonatlar cho'kmasi sirka kislotada eritilib, undan ikkinchi gruppa kationlari topiladi.