Umumiy kimyo


Gruppa reagentintng ta`siri



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə9/44
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#194806
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Analitik laboratoriya 2 kurs

Gruppa reagentintng ta`siri
Uchinchi gruppa kationlarini I va II gruppa kationlaridan ajratish uchun ionlar aralashmasiga ammiakli bufer eritma ishtirokida (pH~9,2) gruppa reagenti - ammoniy sulfid yoki ishqoriy muhitda vodorod sulfid ta`sir ettiriladi. Vodorod sulfid bilan III gruppa kationlari pH>8,7 bo`lgandagina to`liq ajraladi. Bu gruppa kationlarining eritmalarida tuzlarning gidrolizi tufayli pH<7 bo`ladi. Shu bois uchinchi gruppa kationlarini cho`ktirish uchun pH ni 8-9 oralig`ida ushlab turadigan ammiakli bufer aralashmadan foydalaniladi. Yuzaki qaraganda ammiakli bufer aralashmani ishlatishga hojat yo`qday ko`rinadi, chunki ammoniy sulfid eritmada birinchi bosqichdayoq deyarli (1OO%) gidrolizlanib, ammoniy gidrosulfid va ammoniy gidroksidni hosil qiladi:
(NH4)2S + H2O→ NH4+ + HS- + NH4OH
Bu eritma amalda ammiakli bufer aralashmadan iborat bo`lib, uning pH qiymati 9,25 bo`ladi. Aslini olganda eritmaning pH qiymatini doimiy saqlab turish juda muhimdir, yuqorida aytilganiday uchinchi gruppa kationlarining tuzlari kislotali gidrolizlanadi. Bundan tashqari, IV va V gruppa kationlarini cho`ktirganda eritmaga HC1 qo`shilgan bo`ladi. Gidroliz natijasida hosil bo`lgan va qo`shilgan kislota ammiak bilan ta`sirlashib, uning konsentratsiyasini kamaytiradi:
NH4OH + HS + 2H+↔ H2S↑ + NH4++ H2O
NH4OH + HS- + Me2+↔MeS↓ + NH4++ H2O
Demak, mazkur reaksiyalarga sarflangan ammiakning miqdorini amalda doimiy saqlab turish uchun ammiakli bufer aralashmaning bufer sig`imi katta bo`lishi kerak.
Odatda, ammoniy sulfid havo kislorodi ta`siridan oksidlanishi natijasida uning tarkibida ammoniy polisulfid - (NH4)2Sn ham bo`ladi. Kislotali muhitda polisulfidlardan oltingugurt ajralib chiqib, sulfidlar cho`kmasini ifloslantiradi:
(NH4)2Sn + 2HC1 → 2NH4Cl + H2S↑ + (n-l) S↓
Shularni hisobga olib, aralashma analiz qilinayotganda, avvalo, eritmadagi kislotani ammiak bilan neytrallash kerak. Ammiak eritmasi ta`siridan magniyning gidroksidi cho`kishi mumkinligini e`tiborga olib, eritmaga ammiak bilan birga magniy gidroksid cho`kmasi hosil bolishining oldini oladigan miqdorda ammoniy xlorid ham qo`shish kerak. Ammoniy xlorid qo`shishning yana bir foydali tomoni uning koagulant ekanligidir. Ammoniy xlorid sulfidlarning, jumladan, nikel sulfidi va boshqalaming koagulanishini ta`minlaydi. Koagulatsiyani harorat kuchaytirgani uchun cho`ktirish issiq eritmalarda o`tkaziladi.
Gruppa reagenti yuqorida ko`rsatilgan sharoitda ta`sir ettirilganda, takidlanganiday, alyuminiy, xrom (III) va titan (IV) singari ionlar gidroksidlar shaklida, qolganlari esa sulfidlar shaklida cho`kadi.
Alyuminiy, xrom va boshqa ionlarning gidroksidlar hosil qilib cho`kiishini quyidagi tenglamalardan ko`rish mumkin:
Cr3+ + 3S2- + ЗН2О → Cr(OH)3↓ + 3HS-
Cr3++3HS- + 3H2O → Сr(ОН)3↓ + 3H2S↑
Gruppa reagenti ammoniy sulfid kislorod ta`siridan qisman oksidlanib, oz miqdorda ammoniy sulfat hosil qiladi. Ammiakli bufer va eritmani neytrallash uchun ishlatiladigan ammiak, havodan karbonat angidridni yutganligi uchun uning tarkibida oz miqdorda ammoniy karbonat bo`lishi mumkin. Bu moddalar ta`sirida va birgalashib cho`kish tufayli uchinchi gruppa kationlarining gidroksid va sulfidlari bilan bir qatorda ikkinchi gruppa kationlari ham qisman sulfat yoki karbonat holida cho`kishi mumkin.
Uchinchi analitik gruppa kationlarining gidroksid va sulfidlari cho`kmalariga darhol suyultirilgan xlorid yoki sulfat kislota eritmasi ta`sir ettirilsa, cho`kmalar erib ketadi. Agar cho`kmalar aralashmasiga suyultirilgan xlorid kislota eritmasi muayyan vaqt (30 daqiqa) dan so`ng ta`sir ettirilsa, nikel va kobalt sulfidlari erimaydi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin