Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6- sinfi uchun darslik



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/170
tarix02.06.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#60389
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170
Ona tili 6 sinf

6-t o ð s h i r i q . Uyga vazifa. Sifatlar ishtirokida «Osmonimiz ha-
misha beg‘ubor bo‘lsin» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan sifat-
larning ma’no guruhlarini aytib bering.
1-t o ð s h i r i q . Birdan o‘ngañha bo‘lgan sonlar ishtirokida birik-
malar tuzing.
2-t o ð s h i r i q . Sanoq bildiruvñhi so‘zlarning qanday so‘roqqa javob
bo‘lishini ayting.
SON


160
BILIB OLING. 
Narsalarning son-sanog‘i va tartibi-
ni bildirib, «qancha?», «necha?», «nechanchi?» so‘roqlariga
javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi.
401-mashq. 
Matnni o‘qing. Sonlarni o‘zi bog‘langan so‘zlar bilan
birga ko‘ñhiring va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlang.
Choy odamlarga juda qadimdan ma’lum. Kishilar ñhoyni
dastlab dori o‘rnidagina iste’mol qilishgan. Bundan besh ming
yil muqaddam yozib qoldirilgan qo‘lyozmalardan birida: «Choy
kishining ruhini ko‘taradi, yurakning ishini muloyimlashtiradi,
hordiq ñhiqaradi, tanani tozalaydi va zehnni ravshanlashtira-
di», — deyilgan.
Hozirgi vaqtda bir yilda dunyo bo‘yiñha taxminan sakkiz
yuz ming tonnadan bir million tonnagañha ñhoy yetishtiriladi,
shuning uñhdan bir qismi Hindistonga to‘g‘ri keladi.
Rossiyaga dastlab Mongoliyadan 1638-yilda dori sifatida choy
yuborilgan. 1833-yili Qrimda, 1846-yili Gruziyada tajriba uñhun
ñhoy ekilgan... («Qiziqarli geografiya»dan)
402-mashq.
 Berilgan gaplardagi sonlarni aniqlang, ularning shak-
liga e’tibor bering.
1. Ikki soatlar eshakda yurib, tog‘dan tog‘ga o‘tib andak
toliqqan edim. (I. G‘afurov) 2. Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra,
O‘ninñhi yillarning sargardonligi... Isitma aralash qo‘rqinñh tush
kabi Õayol ko‘zgusidan o‘ñhmaydi sira. (G‘afur G‘ulom) 3. Glo-
busda bo‘lgan har kiñhik nuqta, Millionlab qondoshga vatan,
albatta. (G‘afur G‘ulom) 4. Beruniy Amerika qit’asining borligini
Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan. (Asqad Muxtor)
1. Son deb nimaga aytiladi?
2. Sonlar qanday yoziladi?
3. 156, 1005, 174536 sonlarini harf bilan yozing va imlosini
tushuntirib bering.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin