108
Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo‘lgan atoqli
otlar qo‘shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo.
Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo‘lgan qo‘shma
otlar esa ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq.
270-mashq.
Matnni ko‘ñhiring, qo‘shma
otlarning imlosiga diqqat
qiling.
Farg‘onada bizning Oltiariqdan tashqari Uñhariq, Beshariq,
Qo‘shariq, Oqariq, Soyariq, Jinariq, Belariq singari joylar ko‘ð.
Shu bois oltiariqliklar biron-bir musofirni ko‘rishsa: «Keling,
akaxon, marg‘ilonlikmilar?» – deb so‘rashadi. «Yo‘q», — degan
javobni eshitishsa, birdan hafsalalari ðir bo‘lib: «Unda qaysi
ariqdansiz?» — deyishadi. (
Anvar Obidjon)
271-mashq.
Gaðlarni o‘qing, qo‘shma otlarni toðib,
ularning
yasalishini tushuntiring.
1. Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo‘ltiqtumor, mar-
jon, uzuk,
bilaguzuk taqib, shoyi ko‘ylak, nimñha, kamzul
kiyib yasanar edilar. (
N. Safarov) 2.
Laylakqor urib turgan bir
kun edi. Birdan bozorboshida dod-faryod ko‘tarilib qoldi. (
Abdul-
la Qahhor) 3. Elmurod so‘rab-surishtirib, nihoyat, ko‘ðgina
ñhiroqlar ñharaqlab turgan hovliga kirib keldi. (
Parda Òursun)
4. Ariq bo‘yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, ðastda
namozshomgul, gultojixo‘roz, sadarayhon o‘sib yotadi. (
Oybek)
1. Qo‘shma otlar deb qanday otlarga aytiladi?
2. Qo‘shma otlar qanday yoziladi?
3. Qanday qo‘shma otlar ajratib yoziladi?
Dostları ilə paylaş: