153
2-t o ð s h i r i q . Yuqoridagi sifatlarning qanday so‘roqlarga javob
bo‘lishini aniqlang.
BILIB OLING.
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga
ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) xususiyat sifatlari;
2) rang-tus sifatlari; 3) maza-ta’m sifatlari; 4) hajm-
o‘lchov sifatlari; 5) hid bildiruvchi sifatlar; 6) makon-
zamon belgisini bildiruvchi sifatlar.
386-mashq.
Matnni o‘qing. Sifatlarni toðib, ularning ma’no gu-
ruhlarini aniqlang.
1. Qiz bo‘lgan voqeani to‘la aytib berdi. Ishonmay desalar,
oldilarida bir talay xushbo‘y, ko‘m-ko‘k bo‘tako‘z gullar turibdi.
Ulardan mart oyining isi kelardi.
— Baxting oñhilib, o‘n ikki oyning
hammasi bilan birvara-
kayiga uñhrashibsan-u, guldan bo‘lak heñh narsa so‘ramabsan-
da. Men ... bittasidan oððoq qo‘ziqorin, yana bittasidan barra
bodring so‘ragan bo‘lardim. (
Ertakdan) 2. Bir kuni ninañhi-
larning nafarmon, yashil, zangori,
malla tuslarini uyga keltirib,
otamga maqtandim. (
Murod Õidir)
387-mashq.
Matnni o‘qib, sifatlarni aniqlang. Ularni ma’no guruh-
lariga ajrating.
Bir ñholning to‘rtta navqiron o‘g‘li bor ekan.
Bir kuni
ñhol:
— Men qarib qoldim. Iñhingizdan kim aqlli va davlatmand
bo‘lsa, menga merosxo‘r bo‘ladi,— debdi.
Eng katta o‘g‘il qizil yoqut ko‘zli
oltin uzugini, ikkinñhi
o‘g‘il zarbof ñhoðonini, uñhinñhisi bebaho kamarini ko‘rsatib
maqtanibdi.
Chol indamay turgan kenja o‘g‘ilga qarabdi.
— Menda bunday boyliklar yo‘q, lekin mehnatkash qo‘lim,
botir yuragim, aqlli boshim bor, — debdi u.
Uning javobi ñholga yoqibdi. Kenja o‘g‘ilga
bor merosini
qoldirishini aytibdi. (
Rivoyat)