pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash
yoki uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran;
b) ko‘p miqdorda;
v) tamagirlik yo‘li bilan;
g) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
Ushbu moddaning
birinchi
yoki
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -modda beshinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-
son)
Basharti pora evaziga og‘dirib olishni amalga oshirgan shaxsga nisbatan moddiy qimmatliklar
yoki mulkiy manfaat so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs
jinoiy harakatlar sodir
etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka ichida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon
bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-
maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori 11-bandining
to‘rtinchi
xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi
jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 8-
bandining
birinchi xatboshisi
.
9
9
9
9