Umumiy qoidalar


 -modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

192 -modda. Tadbirkorlik subyektlarini homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb
etish
Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat
tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini pul
mablag‘larini hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bog‘liq homiylikka va boshqa
tadbirlarga majburiy jalb etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz
sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
3
3
3
3
3
4


(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
241 -moddasi
.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
192 -modda. Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(192 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi
hamda muddatlarini buzish, shu jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining
yangi turlarini qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz
baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(192 -moddaning birinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
241 -moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(192 -moddaning ikkinchi qismi sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin