Umumiy qoidalar


 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

248 -modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini
buzish
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa
shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(248 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-
noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
249-modda. Qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish
O‘qotar qurolni va uning o‘q-dorilarini, shuningdek pnevmatik qurolni, tig‘li sovuq qurolni (ov
pichoqlarini, ov xanjarchalari va xanjarlarni, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini
(kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini
buzish odamning o‘limiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(249-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-dekabrdan kuchga
1
1


kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 14-avgustdagi 179-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Muomalada bo‘lgan ro‘yxatga olinmagan o‘qotar qurol va uning o‘q-dorilarini, portlovchi
moddalar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish 
Qoidalari
”, O‘zbekiston
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 29-iyundagi 15 va 9-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash,
tashish berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi 
Yo‘riqnoma
”,
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2015-yil 10-iyuldagi 118-sonli bug‘rug‘i bilan tasdiqlangan
“Idoraviy va sport uqotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik
jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan
jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi 
Nizom
”, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
2015-yil 30-iyundagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni
hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan
Yagona talablar
”.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-
fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
haqida”gi qarorining 
4
 va 
11-bandlari
.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin