22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
86-modda. Jazo tayinlash Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal
qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir
etgan jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta’sirini
hisobga oladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XI bobi (“Jazo tayinlash”). Oldingi tahrirga qarang. O‘n to‘rt yoshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati
o‘n yilgacha, agar sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n ikki yilgacha
tayinlanadi.
(86-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son) O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan
jinoyatlar majmui tariqasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar
sodir etgan jinoyatlarining bittasi o‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh yilgacha muddatga tayinlanishi
mumkin.
Oldingi tahrirga qarang. Jinoyat sodir etish paytida o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan
bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh
yildan oshmasligi kerak.
(86-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2021-y., 03/21/735/1141-son) Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari
jazosi tayinlanganda sud ushbu Kodeksning
72-moddasida
nazarda tutilgan asos va shartlar
mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3- fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori , O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9 va 10-bandlari .