Umumiy qoidalar


XX bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar



Yüklə 2,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/274
tarix19.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#184929
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   274
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

XX bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi
Qonuni
.
278 -modda. Axborotlashtirish qoidalarini buzish
Axborotlashtirish qoidalarini buzish, ya’ni belgilangan himoya choralarini ko‘rmagan holda
axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va banklarini, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish
tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanish hamda axborot tizimlaridan ruxsat bilan
foydalanish fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud
davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa,

Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir
yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
278 -modda. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy
qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, agar ushbu harakat
axborotning yo‘q qilib yuborilishi, to‘sib qo‘yilishi, modifikatsiyalashtirilishi, undan nusxa ko‘chirilishi
yoxud uning qo‘lga kiritilishiga, elektron hisoblash mashinalari, elektron hisoblash mashinalari
tizimi yoki ularning tarmoqlari ishining buzilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(278 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(278 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-
586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   274




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin