Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə11/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

Tushuntirish xati.


  • Asosiy qismi.

    Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o‘rni, uning vazifalari ko‘rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
    Dasturning asosiy qismi quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan bo‘lib, ularda har bir sinfda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar ko‘rsatiladi:

    Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.


    1. Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish.
    2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.


    Har bir bo‘lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, «Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish» bo‘limi “Sinfda o‘qish”, “Sinfdan tashqari o‘qish”, “O‘qish mavzulari”, “O‘qish ko‘nikmalari”, «Matn ustida ishlash” kabi qismlarni o‘z ichiga oladi va hok.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi, “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qaytadan ko‘rib chiqildi, Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, ona tili dasturlari va darsliklari yangilandi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli qarorida umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat qilib belgilandi:

    1. Boshlang‘ich ta’lim.

    2. Umumiy o‘rta ta’lim.

    Respublikamizda umumiy o‘rta ta’limning standarti yaratildi. Unda boshlang‘ich bosqich va umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Jumladan, 1-4-sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish predmetlaridan o‘qish texnikasi, matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berildi. Bu o‘rinda ona tiliga katta vazifa yuklatildi: ona tili ta’limiga o‘quv fani sifatidagina emas, balki butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraldi. Ona tili bo‘yicha minimal talablar uch parametrli standart o‘lchovi orqali aks ettirildi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Bu talablarni amalda bajarish ta’lim jarayoniga yangicha o‘qitish texnologiyalarini tatbiq etishni taqozo qiladi.
    Hozirda o‘quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni uyushtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish, grammatik ta’limiy o‘yinlarni joriy etish keng tus olmoqda, ta’lim jarayonida test topshiriqlaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg‘ulotlar uyushtirilmoqda.
    Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ona tili o‘quv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo‘lini bosib o‘tmoqda.

    Yüklə 0,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   107




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin