Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo‘yiladigan talablarDarsningumumiytasnifi. Maktabda dars o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning
asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.
Darsga qo‘yiladigan umumiytalablar quyidagilar:
Ta’limiy talab. Har bir dars o‘quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
Tarbiyaviytalab.Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.
Didaktik talablar. Bu o‘qituvchiga darsni to‘g‘ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to‘g‘ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o‘quvchilarga etkazib berish uslub va usullarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllari aniqlab olish demakdir.
Psixologik talablar.Bu talab shuni nazarda tutadiki, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi judda katta ahamiyatga ega. O‘z o‘quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o‘qituvchigina to‘laqonli dars uyushtirishi mumkin.
Gigieniktalablar.Bu o‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim etarli bo‘lishi lozim.
Boshqa fanlar kabi, ona tili o‘qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog‘liqdir.
Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o‘rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo‘yilgan talablar quyidagicha bo‘ladi:
Yangibilimberish,ularninutqpraktikasigatatbiqetishvao‘quvchilarnitarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g‘oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo‘lishiga, tilni o‘rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o‘zbek tiliga muhabbat va so‘zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga kata o‘rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.
Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo‘lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaydi.