Oddiy qalqondorning gavda qismi 19 segmentdan tashkil topgan.
Ularning birinchi segmentidan tashqari barchasi bir-biriga o‘xshaydi.
Birinchi segmenti tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra boshqalaridan
ancha farq qiladi. Unda bir juft ja g ‘oyoqlari joylashgan. Bular
bo‘g‘imlarining soni va tuzilishiga ko‘ra o‘rgimchaksimonlaming
oyoqlariga o‘xshash. Ular ham dumg‘aza, tos, son, boldir va
bo‘g‘imlardan tashkil topgan panja (kaft) qismlaridan iborat.
Lekin uning oxirgi bo‘g ‘imi yoki tirnog'i yetilgan bo‘ladi. Bu
ja g ‘oyoq o‘ljasining tanasiga sanchilgan paytida uning naysimon teshigi
orqali zahar suyuqligi o ‘tadi. Oddiy qalqondor tanasini tashkil qiladigan
qolgan
segmentlari doirasimon, yelka-qorin tomoniga qarab biroz
yassilangan b oiadi.
Xitindan iborat tana qoplag‘ichining yelka plastinkasi-tergit va
qorin plastinkasi stemit yon tomonidan yupqa xitin parda-plevra
yordamida bir-biri bilan birikkan bo‘ladi.
Plevralarda nafas olish
teshikchalari-stigmalar joylashgan. Tanasining oxirgi uchta genital va
bitta anal segmentlarida oyoqlari bo‘lmaydi.
Ko‘poyoqlilarning ovqat hazm qilish sistemasi to‘g‘ri nay shaklida
bo'ladi va hamma bo‘g ‘imoyoqIilamikiga o‘xshash bo‘Iimlardan iborat
(65-rasm).
Og‘iz teshigi boshining pastki tomonida ja g ‘larining o‘rtasida
joylashgan
bo‘Iib,
ichakning
oldingi
qismi-halqumga
ochiladi.
K o‘poyoqlilar jag ‘larining yoniga ochiladigan 2 ju ft bezlarini
hasharotlaming ipak bezlariga tenglashtirish mumkin.
O lrta ichak ancha
uzun. Oziq o ‘rta ichakda hazm bo'ladi va so‘riladi.
Ayirish sistemasi tana bo‘shlig‘ida joylashgan ikki ju ft uzun malpigi
naychalaridan iborat. Nafas olish sistemasi shoxlangan ingichka havo
naychalari-traxeyalardan iborat. Tanadagi traxeya naychalari o‘zaro
tutashib, yaxlit traxeya sistemasini hosil qiladi. Ikki juft oyoqlilarda esa
har bir traxeya nayi alohida nafas teshigiga ochiladi. Traxeya
naychalarining uchki qismi barcha to‘qimalarga tarqaladi. Tana
muskullarining qisqarishi va bo‘shashishi tufayli
traxeya naychalaridagi
havo almashinadi.
Qon aylanish sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yurakdan va
undan boshlanadigan arteriya qon tomirlaridan iborat. Yuragining
tuzilishi va joylanishi hasharotlarnikiga o‘xshaydi. Yuragi ichagining
ustida joylashgan tana bo‘g ‘imlari soniga
teng miqdorda alohida
kameralarga bo‘lingan uzun naychadan iborat. Har qaysi kameraning
ikki yonida joylashgan klapanli bir ju ft teshiklar - ostiylar tana
179
bo'shlig'iga ochiladi. Nerv sistemasi bosh miya, ya'ni
halqum usti
gangliysi, halqumni o‘rab turadigan konnektivalar va qorin nerv
zanjiridan iborat. Bosh miya ancha murakkab tuzilgan. Undan
antennalar (mo‘ylovlar), ko‘zlar va boshqa organlarga nervlar chiqadi.
Qorin nerv zanjiri boshda joylashgan halqumosti hamda uzun qator
b o iib joylashgan tana gangliylaridan iborat. Sezgi organlari tuyg‘u, hid
bilish va ko‘rishdan iborat. Tuyg‘u va hid bilish funksiyasini
antennalar
bajaradi.
Ko'poyoqlilarning
ko‘zlari
turli
darajada
rivojlangan.
K o‘pchilik turlarida 2, 4 yoki undan ko‘proq oddiy ko‘zchalar boshining
ikki yonida, ya'ni antennalaming asosida joylashgan. Kostyankalar
ko'zlari ikki to 'p bo‘lib siyrak joylashgan ko'p sonli ommatidlardan
iborat.
Dostları ilə paylaş: