3. Suvaraklaming bosh qismini gavda bilan biriktirib turuvchi
ingichka bo ‘yin
qismini qaychi bilan qirqib, uning bosh qismini lupa
yordamida kuzating. Buning uchun boshini oldingi tomondan orqa
tomonga qarab entomologik to ‘g ‘nag‘ich
bilan vannachaga qadab
qo'ying. Bunda suvarakning og‘iz va yelka teshikchasi aniq ko'rinadi.
4. Suvarakning oyoqlaridan birini ajratib oling va buyurn oynasida
bir tomchi suvga qo‘yib, binokulyar yoki qo‘l lupasi yordamida
kuzating. Uning asosiy bo'g'im larini aniqlang va rasmini chizing.
5. Ko‘krak qismini tashkil qilgan uchta
segmentining har birini
o‘tkir uchli kichik qaychi bilan qirqib, alohida ajratib oling,
ikkinchi juft
qanotlarini binokulyar yoki lupa yordamida kuzating.
6. Suvarakning qorin qismidagi serkilarini va erkaklarining
grifelkalarini ajratib olib, buyum oynasida bir tomchi suvga qo'ying va
binokulyar yordamida kuzating.
7. Suvarakning erkagini tana bo'limlarga ajratib,
oq karton
qog‘ozning ustiga qo ‘ying va uning rasmlarini chizing.
Muhokama uchun savollar:
1. Qora suvarakning tashqi ko'rinishi va uning tana boiim larini
tushuntirib bering.
2. Qora suvarakning og‘iz organlari qanday tuzilgan?
3. Qora suvarakning qanotlari va oyoqlari qanday tipda tuzilgan?
4. Suvaraklaming yashash tarzi va tarqalish haqida nimalami
bilasiz?
Dostları ilə paylaş: