5. Atamalarni ularga mos tushunchalar bilan juftlab ko‘rsating: A-
ambulakral sistema, B-madrepor plastinka, V-psevdogemal sistema, G-
o‘q kompleksi organlari, D-Arastu fonari, E-avtotomiya: 1-dengiz
tipratikanlari jagMari, 2-o‘zini-o‘zi mayib qilish, 3-tana
diskining tik
bo‘ylab joylashgan organlari, 4-suv-tomir sistemasi, 5-nerv tolalarini
o ‘rab turadigan naylar, 6-mayda teshikchali aboral plastinka.
6. Ninaterililar tipining sinflari va ularning asosiy tuzilish
belgilarini
ko‘rsating:
A-goloturiyalar,
B-ilondumlilar,
V-dengiz
nilufarlari: 1-shakli besh qo‘lli kosachaga o‘xshash, V-o‘troq yoki erkin
yashaydi, 2-nurlari markaziy diskdan keskin ajralib turadi, 3-shakli
chuvalchangsimon, og‘iz teshigi atrofida beshta paypaslagichlari bor.
7. Dengiz yulduzining ovqat hazm qilish sistemasini belgilang: A-
og‘iz teshigi oral tomonda, B-og‘iz teshigi aboral tomonda, V-oshqozon,
G-oldingi ichak, I-jigar, K-orqa chiqaruv teshigi, L-kloaka.
8. Dengiz yulduzlari nimalar bilan oziqlanadi:
A-mayda baliqlar,
B-mollyuskalar, V-dengiz tipratikanlari, G-yirtqich, D-parazit, E-
o‘laksaxo‘r, J-chirindixo‘r, Z-korall poliplar, I-chuvalchanglar bilan
oziqlanadi.
9. Dengiz yulduzlari qanday ko‘payadi? A-otalanishi tashqi, B-
otalanishi ichki,
V-metamorfozli, G-metamorfozsiz, D-regeneratsiya
xususiyatiga ega, E-regeneratsiya xususiyatiga ega emas.
214