71-rasm. Pashshaning yalovchi o g ‘iz apparati:
1-ostki ja g ‘ paypaslagich, 2-ustki lab, 3-gipofarinks,
4-filtirlovchi apparat naylari, 5-og‘iz teshigi,
6-ostki lab yuzasi, 7-ostki lab.
Yalovchi og‘iz organida faqat ostki lab
yaxshi rivojlanib, filtrlovchi apparatga ega
bo'lgan plastinkasimon ikkita o ‘simtani hosil
qilgan. Ustki lab va gipofarinks ostki labning
oldingi devori bilan birga naychani hosil qiladi.
Ostki lab plastinkasi yordamida yalab va filtrlab o ‘tkazilgan suyuq
oziq ana shu naychaga kelib tushadi. Ustki ja g ‘lar hamda 1-juft ostki
ja g ‘lar reduksiyaga uchragan.
Ishning bajarilish
tartibi:
1. Petri idishlarga fiksatsiya qilingan yoki harakatdan to ‘xtatilgan
suvaraklaming urg‘ochi va erkaklarini qo‘yib, qo‘l lupasi yordamida
mo‘yIovlarini tuzilishini o ‘rganing. Erkaklarida qanotlarining tuzilishini
kuzatib, tanasidan ancha uzun ekanligiga e'tibor bering. Suvaraklaming
yurishga moslashgan oyoqlarini o ‘rganing. Ularning m o‘ylovlarini va
oyoqlarini ajratib oling va har birini alohida buyum oynasiga qo‘yib,
binokulyar yoki qo‘l lupasi yordamida o‘rganing.
2. M art qo‘ngizi va kapalakning mo‘ylovlarini ajratib olib,
suvarakning m o‘ylovlari bilan birga oq qog‘oz boiakchasi ustiga
qo‘ying. Ulami qo‘l lupasi yordamida kuzatib shakliga e'tibor bering.
3. Suvarakning keyingi oyoqlaridan birini tanasidan ajratib olib oq
qog‘oz ustiga qo‘ying.
4. Erkak suvarak, mart qo'ngizi, oq kapalak va ninachining
qanotlarini qirqib olib lupa bilan qarang va tuzilishini o ‘zaro taqqoslab
o ‘rganing.
Hasharotlarning qanotlari ko‘pincha ikki juft, ba’zan bir juft (o‘rta
bo‘g‘imda) bo ‘ladi. Qanotlari tashqi ko‘rinishdan uchburchak shaklida
192
uchi, orqa burchagi va tubi yoki ildizini kuzating. Qanotini mikroskop
yoki binokulyar ostida ko‘rayotganda, tomirlarining tuzilishiga alohida
e ’tibor bering. Qanotdagi kostal, subkostal, radial, medial tomirlarini va
ulaming tarmoqlarini o’rganing. Tayyor preparatlar orqali turli xil qanot
tiplari bilan tanishib chiqing va qanotlari tuzilishi hamda tiplarining
rasmlarini chizing.
5. Tuzilishga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan hasharotlarning
mo'ylovlarini, bajaradigan vazifalariga ko‘ra shakli o‘zgargan oyoqlarini
rasmini chizing.
6. 0 ‘lgan bir necha hasharot buyum oynasiga yoki to‘g‘rilagich
vannasiga qo‘yiladi. So‘ngra lupa ostida ulaming tashqi ko‘rinishi ko‘rib
chiqiladi va hasharotlarga xos bo‘igan xarakterli belgilariga ahamiyat
beriladi.
7. Hasharotlar tana tuzilishi bilan tanishish uchun tanasining qorin
tomonidan va ikki yon tomonidan qaraladi, uning bo‘g ‘im va
bo‘limlardan tuzilganligi, shuningdek, bosh, ko‘krak va qorin qismlari
ko‘rinadi. Bu qismlarda turli o ‘simtalar bor.
8. Bosh qismini lupa ostida qarang. Boshida bir juft mo‘ylov, og'iz
organi, murakkab ko'z, sodda ko‘z yoki ko'zchalar borligi ko'rinadi.
9. K o'krak qismini kuzating, ko'kragi uch bo‘g ‘imli va ular ostiga
uch juft bo'g'im li oyoqlar, tepa qismida ikkinchi va uchinchi ko'krak
bo‘g ‘imlariga joylashgan ikki juft qanotlari yoki ulaming murtaklarini
ko'rish mumkin.
10. Qorin qismi bir nechta bir-biriga o'xshash bo'g'im lardan
tuzilganligi va voyaga yetgan davrida oyoqlarini boMmasligini kuzatish
mumkin. Qomining oxirgi b o ‘g ‘imida turli xil shakldagi o‘simtalar-serki
yoki grifelka bo'lishi mumkin.
11. Suvarak og'iz apparatining mikropreparatini binokulyar
yordamida kuzatib, uning ustki jag'laridagi xitin “4ishcha” lariga e'tibor
bering va og'iz organlarining rasmini chizing.
12.
Asalari
og'iz
apparatining mikropreparatini
binokulyar
yordamida kuzating. Uning ustki jag'lari tamovchaga aylanganligiga
e'tibor
bering.
Ostki
jag'lari
ichki
kurakchalarining
va
paypaslagichlarining qisqarganini kuzating, so'ngra asalari og'iz
apparati rasmini chizing.
13. Sanchib-so'mvchi tipida tuzilgan to'shak qandalasi og'iz
apparatining mikropreparatini binokulyar orqali kuzating.
14. Kapalakning (imago) so'mvchi tipida tuzilgan og'iz apparatini
binokulyar orqali kuzatib, ustki va ostki lablarining, shuningdek ustki
193
jag ‘larining qisqarganligiga e'tibor bering va kapalak og‘iz apparatining
rasmini chizing.
Dostları ilə paylaş: |