69-rasm. Hasharotlar qanotlarining har xil shakllari va ularning tomirlanish
tiplari: 1-parda qanotlarniki; 2-qo‘ng‘izlamiki; 3-qatiq qanotlilamiki; 4-pashsha-
larniki; 5-ninachilarniki; 6-pichanxo‘rlarniki; 7-vizildoq pashshalarniki: C-kostal
tomir; Sc-subkostal tomir; Mi-M2-M3-medial tomirlar va ularning tarmoqlari;
Cu-kubital tomir; A„-anaI tomir; Ri-R^-radial tomirlar va ularning shoxchalari.
189
Tuban tuzilishga ega bo'lgan qanotsiz hasharotlarda va yashash
sharoitiga moslashish jarayonida qanotlari qisqargan (yo'qolgan) ayrim
guruh hasharotlarda (bitlar, burgalar) qanotlar bo'lmaydi.
Ikki qanotiilar turkumiga mansub bo‘lgan hasharotlarning o'rta
ko‘krak qismida faqat bir juft qanot bo'ladi. Ularning keyingi ko'krak
qismidagi ikkinchi ju ft qanotlari vizillab tovush chiqaradigan organga
aylangan (chivinlar,
pashshalar,
so'nalar,
iskabtoparlar).
Ayrim
hasharotlarning birinchi juft qanotlari qalin xitindan iborat bo'Iib, uning
ostidagi pardasimon ikkinchi ju ft qanotlarini himoya qilib qanotlar
dorzal (yelka) va ventral (pastki) joylashgan ikki plastinkadan iborat
bo'Iib,
ularning
o'rtasida
shoxchalar
hosil
qiladigan
va
tannoqlanmaydigan
tomirlari
bor.
Ba'zi
guruh
hasharotlarning
(kapalaklar) qanotlari tangachalar bilan qoplangan bo'ladi. Tashqi
ko'rinishidan hasharotlarning qanotlari uchburchak shaklida bo'Iib,
uning hasharot tanasiga birikkan burchagi asosiy yoki bazal, unga
qarama-qarshi burchagi apikal yoki tepa, uchinchi burchak esa keyingi
(anal) burchakni tashkil qiladi Bu uchburchakning uch tomoni qanotning
qirralarini hosil qiladi.
Hasharotlarning qorin bo'lim ida haqiqiy rivojlangan oyoqlar
bo'lmaydi.
Birlamchi
qanotsizlarda
ayrim
qorin
bo'g'im larida
grifelkalar deb ataladigan maxsus o'sim talar yoki qorinning orqa uchida
joylashgan ayricha ko'rinishida oyoq rudimentlari bo'ladi, shular
yordamida ular sakraydi. Boshqa hasharotlarning oxirgi bo'g'im larida
b o'g 'im ortiqlari-serkilar, erkaklarida esa grifelkalar ham bo'ladi.
Hasharotlar og‘iz organlarining tuzilishi oziq xili va oziqlanish
usuliga muvofiq har xil, ya’ni kemiruvchi, kemiruvchi-so'ruvchi,
so'ruvchi, sanchib-so'ruvchi va yalovchi tipda tuzilgan boladi (70-
rasm).
Chivinlar, iskabtoparlar, o'sim lik bitlari, burgalar, bitlar va ba’zi bir
boshqa hasharotlarning og 'iz apparatlari sanchib-so‘ruvchi tipda
tuzilgan. Qattiq ovqat bilan oziqlanadigan hasharotlardan-suvaraklar,
qo'ngizlar, kapalak qurtlari va to 'g 'ri qanotlilarning og‘iz apparati
kemiruvchi tipda tuzilgan.
So'ruvchi tipdagi og‘iz apparati suyuq ovqat bilan oziqlanadigan
kapalaklarda (imagolarida) uchratishimiz mumkin. Kapalaklarning og'iz
apparati suvaraklaming og'iz apparatiga nisbatan keskin o'zgargan.
Bunday og'iz apparatida ustki lab, ustki ja g ‘lar va ostki lablar qisqargan,
ya'ni rudiment holatida bo'ladi. Ostki jag'lam ing har biri uzun tarnovcha
190
hosil qiladi. Ikkala maksillaning tamovchalari o‘zaro qo‘shilib, uzun
xartumni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |