Umurtqasizlar zoologiyasidan


qo'shimcha xo‘jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

qo'shimcha xo‘jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy.
Rediylar o ‘sishi bilan partenogenetik usulda ko‘payib, serkariylarga 
aylanadi. Serkariylar harakatchan bo‘lib, mollyuska tanasidan suvga 
chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq xo‘jayini, ya’ni 
qo'shim cha xo‘jayini - baliqlar terisiga hamda jabralariga yopishib 
oladi. Mushuk ikki so‘rg‘ichlisining qo‘shimcha xo‘jayinlari sifatida 
zog‘ora baliq, tobon baliq (karas), oqcha baliq (leshch), yaz va boshqa 
baliqlar aniqlangan.
Serkariylar baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari 
orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metaserkariyga 
aylanadi.
Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo‘jayinlari parazitni 
o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi 
qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o‘zlariga yuqtiradi.
Asosiy 
xo‘jayini 
oshqozonida 
va 
ingichka 
ichagida 
metaserkariyning po‘sti yemirilib, parazit o‘t yo‘li orqali jigarga o ‘tadi.
77


Bu yerda 3-4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya 
boshlaydi.
Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. 
Opistorxozni birinchi marta 1891-yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. 
Vinogradov aniqlagan. Asosiy xo‘jayini organizimda opistorxis 25 yil 
yashaganligi fanga ma’lum.
Ishni о ‘tkazish tartibL
Mushuk ikki so‘rg‘ichlisining doimiy 
bo‘yalgan preparatini lupa va mikroskopning kichik obyektivi ostida 
qarab tekshiring.
Tanasining oldingi tomonini toping. O g'iz va qorin so‘rg‘ichlarini, 
qizilo‘ngachini va ichagidagi ikkita shoxini qarab tekshiring. Parazit 
tanasining o‘rta qismidagi sariqdonlarini toping. Tanasining keyingi 
qismida bo‘lak-bo‘lak va ketma-ket joylashgan ikkita katta urug‘donini 
toping. Urug‘donlarining oldingi qismida oval shaklidagi kichikroq 
tuxumdon va sal kattaroq urug‘ olib keluvchi pufagi joylashadi.
M ushuk ikki so‘rg‘ichilisi tanasining orqa tomonida ayirish 
sistemasining ekskretor pufagi ravshan ko'rinadi. Mushuk ikki 
so‘rg‘ichlisining rivojlanish sikli sxemasini albomga chizib oling.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin