Shistosoma mansoni, Shistosoma haematobium, Shistosoma japonicum kabi turlari ko‘proq parazitlik qiladi.
Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa so‘rg‘ichlilardan farq qiladi.
Erkagining tanasi ancha yo‘g ‘on, 10-15 mm uzunlikda boMadi, ulaming
qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi bo‘lib, unda uzunligi
20 mm boMgan ingichka urg'ochisini joylashtirib birga yashaydi.
Erkaklarining urug'doni 10 tadan ortiq, urg‘ochilarida tuxumdoni
oval shaklda va 1 ta boMadi.
Qon ikki so‘rgMchlilarning so ‘rgMchlari kuchsiz rivojlangan yoki
butunlay boMmaydi. Shistosomalar odamlarning qorin bo'shligMdagi
yirik vena qon tomirlarida, buyrak, qovuq venalarida yashaydi.
Shistosomalar, ya’ni qon ikki so‘rgMchlilarning rivojlanishida oraliq
xo‘jayin sifatida planorbis urugMga kimvchi chuchuk suv qorinoyoqli
mollyuskalari qatnashadi (29-rasm).
U rg‘ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq
devorini biriktimvchi to‘qimasiga tuxum qo‘yadi, natijada qovuq
yalligManadi va kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi boMgan tuxumlari
ichak va siydik devorini teshib, uning bo‘shligMga, undan keyin esa
xo‘jayini axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan
tuxumlardan
miratsidiy
chiqib,
oraliq
xo‘jayini-qorinoyoqli
moliyuskalar tanasiga kirib oladi.
Shundan so‘ng moliyuskalar jigarida dastlab, ona sporosistalar,
keyin qiz sporosistalar, rediylar va oxiri esa dumlari ayrisimon
harakatchan serkariylar hosil boMadi. Serkariylar asosiy xo‘jayinlarga
stileti yordamida xo ‘jayini terisini teshib, qon aylanish sistemasiga
o ‘tadi va butun organizm bo‘ylab migratsiyalanadi. Parazit 43-55
kundan keyin jinsiy voyaga yetib tuxum qo‘ya boshlaydi.
79