Ishni bajarlsh tartibi:
1. Yomg‘ir chuvalchangini yorish uchun uni
10-15° li spirt eritmasiga solib, 10-15 daqiqa davomida o ‘ldiriladi.
Keyin uning ustida hosil b o ig a n shiliq moddalar suv bilan yuvib
tashlanadi. Chuvalchang vannachaga qorin tomoni bilan joylanib, bosh
gangliysini shikastlantirmaslik uchun sal chetrog‘idan to ‘g‘nag‘ich bilan
sanchib qo'yiladi. Ikkinchi to ‘g‘nag‘ich yordamida dumining uchidan
tarang tortib vannachadagi mumga sanchib mahkamlanadi. Shundan
keyin tanasining oxirgi uchiga yaqin joyidan o‘tkir uchli qaychi
yordamida terisi ko‘ndalangiga kesiladi. So‘ngra qaychining bir uchi
juda yupqa terining ostiga kirgizilib chuvalchangning bosh tomoniga
qarab kesiladi va qirqilgan teri to ‘g‘nag‘ichlar bilan ikki tomonga
vannachaga sanchib qo'yiladi. Ichki organlari ochilgan yom g‘ir
chuvalchanglarini qo‘l lupasi yordamida ovqat hazm qilish organlarini
o ‘rganing va qizilo‘ngach atrofidagi halqasimon qon tomirlarini
kuzating. Qonning qizil rangda bo‘lishiga e'tibor bering.
2.
Nerv sistemasini o ‘rganish uchun halqum ostida joylashgan oq
rangdagi nerv tugunini toping, keyin ichakni kesib olib tashlab, uning
ostidagi qorin nerv zanjirini kuzating. Ovqat hazm qilish, qon aylanish,
nerv va jinsiy organlar sistemalarining rasmlarini albomga chizing.
Yomg‘ir chuvaichangining tuzilishi va ko'payishi haqidagi
bilimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga javob
bering. C=48
1. Yomg‘ir chuvalchangi qanday tuzilgan? A-har bir halqasida 4
juftdan qillari bor, B-har bir halqasida 1 juftdan tuklari bor, V-tanasining
oldingi qismi konussimon, G-tanasining oldingi uchi to ‘mtoq, D-
tanasining oldingi qismida belbog‘i bor, E-belbog‘i bo‘lmaydi, J-
tanasining 15-22 segmenlari yo‘g‘onlashib belbog1 hosil qiladi, Z-
tanasining 32-37 segmenlari yelka tomonidan ancha yo‘g ‘onlashib,
belbog1 hosil qiladi, I- tana segmenlari har xil, K-tana segmenlari bir xil.
2. Y om g‘ir chuvalchangi tashqi tuzilishining yashashga moslashuv
belgilarini ko‘rsating: A-boshidagi o ‘simtalari qisqargan, B-boshi kuchli
rivojlangan, V-boshi konussimon, G~boshida o ‘simtalari reduktsiyaga
132
uchragan, D-har bir tana bo‘g‘imida 4 juftdan tuklari bor, E-terisi
kutikula bilan qoplangan, J-terisi qalin, Z-terisi yupqa, shilimshiq modda
bilan qoplangan, I-tuklarining uchki qismi orqaga egilgan, K-tuklarining
0
‘tkir uchi oldinga egilgan.
3. Yomg‘ir chuvalchangi teri-muskul xaltasi qismlari va ular
funktsiyasini juftlab k o ’rsating: A-shilimshiq epiteliy, B-tuklar, V-haiqa
muskullar, G-bo‘ylam a muskullar, D-ichki epiteliy, E-selom: 1-tana
bo‘shlig‘ini
o ‘rab
turadi,
2-harakatlanish
va
nafas
olishni
yengillashtiradi, 3-tanani cho'zadi, 4-ichki organlar joylashadi, 5-tanani
qisqartiradi, 6-harakatlanganda tayanch vazifasini bajaradi.
4. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish organi bo‘limiarini ketma-ket
joylashtiring: A-jig‘ildon, B-o‘rta ichak, V-qizilo‘ngach, G-oshqozon,
D-orqa ichak, E-halqum.
5. Hazm qilish sistemasi qismlari va ular funktsiyasini juftlab
ko'rsating: A-halqum, B-jig‘ildon, V-oshqozon, G -o‘rta ichak, D-ichak
devori botiqlari: 1-oziqni maydalaydi, 2-hazm yuzasini kengaytiradi. 3-
Oziqni
hazm
qiladi,
4-oziqni
ichakka
so‘rib
oladi,
5-oziqni
lEararsizlantiradi.
6. Yom g‘ir chuvalchangi qon aylanish sistemasi yo’nalishini
lcyurak»dan boshlab tartib bilan ko'rsating: A-orqa qon tomiri, B-qorin
l)on tomiri, V-halqum atrofi halqa qon tomiri.
7. Y om g'ir chuvalchangining nafas olishi va nafas chiqarishini
tertib bilan ko‘rsating: A-almashinuv mahsulotlari qonga chiqariladi, B-
kislorod teri kapillarlariga o'tadi, V-kislorod qonga shimiladi, G-
Idslorod terining shilimshiq moddasida eriydi, D-kislorod to ‘qimalarga
tarqaladi.
8. Yom g‘ir chuvalchangining tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan? A-
luyuqlik bilan to ‘lgan, B-yupqa parda bilan bo‘lmalarga ajralgan, V-tana
devori ko‘p qavat hujayralar bilan qoplangan, G-devorida hujayralari
bo'lm aydi, D-devori bir qavat hujayralardan iborat, E-devori muskul
bilan qoplangan.
j'
9. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan? A-
bosh tomonida bir ju ft halqum usti nerv tuguni, B-halqum yoni nerv
ituguni, V-halqum osti nerv tuguni, G-qizilo‘ngach nerv tuguni, D-qorin
nerv zanjiri, E-tana nerv tolalari.
10.
Yomg‘ir chuvalchangi qanday ko‘payadi? A-germafrodit, B-
ayrim jinsii, V-urug‘doni bir juft, G-urug‘doni ikki juft, D-erkaklik
jinsiy teshigi 13-segmentda ochiladi, J-urg‘ochilik jinsiy teshigi 12-
segmentda ochiladi, Z-urg‘ochilik jinsiy teshigi 14-segmentda ochiladi,
133
I-tuxumdoni toq, K-tuxumdoni bir juft, L-urg‘ochisida 9 va 10-
segmentlarida ikki juft urug‘ qabul qiluvchilari bor, M -urg‘ochisida 9 va
10-segmentlarida bir juft urug‘ qabul qiluvchilari bor.
Dostları ilə paylaş: |