Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226
-.-

Refleksiya –
samarali fikrlash jarayoni bo‘lib, motivatsiya, idrok asosida 
insonning analiz, sintez kabi aqliy operatsiyalarni o‘z boshidan kechirishidir
15

Refleksiya (lotincha 
reflxio 
- ortga qaytish ) sub'ektning o‘z (ichki) psixik tuyg‘u 
va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. 
Refleksiya o‘qituvchining o‘z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish,
o‘z fikri va harakatlariga tashqaridan nazar solish deb qaraladi.(V.A. Slastenin). 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki 
an'anasi mavjudligi aytiladi: 

ob'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib
keladigan ongning reflektiv tahlili; 

shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish refleksiyasi; 
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni 
farqlaydilar: 

o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish; 

o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish

o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish. 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi 
o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. 
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub'ektning o‘z-
o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish 
tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab 
olishini ham anglatadi. 
15
Abdullaeva Sh.A. Pedagogik diagnostika.-Toshkent: Meros,2010.-19-bet. 


32 
Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta'lim (tarbiya) tizimlarini loyhalash 
ishlari amalga oshiriladi. Bu “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida yaratilgan 
zamonaviy ta'lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi (“portlash effekti”) 
misolida namoyon bo‘lmoqda. 
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham, amaliy pedagogik faoliyat 
metodologiyasi ham quyidagi uchlikda yaxlit tasavvur etish mumkin, -deydi rus 
olimi A. M. Novikov, ya'ni:

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin