33
Shunday qilib, O‘zbekistonda pedagogika fanlar tizimida va amaliyotida juda
katta tajriba,
salohiyat, bilimlar manbai, tavsiyalar to'plangan bo'lib, bular
yoshlarga tizimli holda yetib borishi, ular ijodiy imkoniyatlari rivojiga ta'sir etishi
kerak. Bu esa muayyan bilimlarni – tizimlashtirishni, metodologiyani o‘rganishni
talab etadi.
Bugungi kunda
z
amonaviy fan rivojiga bog‘liq holda fan tilining metodologik
masalalari ham kun tartibida turadi. Fanda tildan foydalanish muammosi ilmiy fan
sifatida pedagogikani ham chetlab o‘ta olmaydi.
Til ijtimoiy hodisa sifatida amaliy faoliyatda va bilish jarayonida ikki asosiy
vazifani bajaradi:
1)
insonlar o‘rtasida aloqa vositasini o‘taydi
2)
tafakkur shakli sifatida to‘plangan bilimlarni qayd etish va saqlash, tizimlashtirish
uchun zarur hisoblanadi.
Ma'lumki, til bilan qator fanlar –lingvistika, psixologiya, semiotika (belgilar
haqidagi fan), falsafa shug‘ullanadi. Metodologiya tilni ilmiy bilimlarni ifodalash,
ularni
qayta ishlash, ilmiy axborotlarni to‘plash va saqlash vositasi sifatida
o‘rganadi.
Pedagogika boshqa fanlar qatori milliy tildan ilmiy axborotlarni
shakllantirish, ishlov berish, saqlash va uzatishning universal vositasi sifatida
foydalaniladi.
Biz pedagogikada turli darajadagi kategoriya(tushuncha)larga tayanamiz.
Kategoriya (tushuncha) – bu predmetlarnig umumiy va o‘ziga xos sifatlari haqidagi
fikrdir. Tushuncha asosida predmetlar o‘xshashligi va farqlari aniqlanadi.
Albatta, tushunchalar mohiyatini anglashda
odamlar ham bir-biridan
farqlanadi. Shu boisdan milliy til so‘zlari ham bir xil emas, ular amaliy faoliyatda
turlicha muhimlik kasb etadi va muloqot jarayonida tekislanib, aniqlanib
boraveradi.
Har qanday fan, jumladan pedagogika ham aniq tushunchalar tizimini talab
etadi. U milliy til
asosida yaratiladi va ilm tili, ya'ni pedagogikning tushuncha-
toifalar tizimi shakllanib boradi. Toifa tushunchadan bir bosqich yuqori turadi va
34
ayni vaqtda o‘zida ularning belgi va xususiyatlarini saqlab qoladi. Shu bois toifa
tushunchadir, biroq barcha tushunchalar toifa bo‘la olmaydi.
Pedagogika bo‘yicha ilm tilini shakllantirish murakkab jarayon, u
hanuzgacha qoniqarli darajada tadqiq qilingan emas. Bu fan ham boshqalari qatori
hayotiy tildan ko‘plab atamalarini qabul qiladi. (“shakl”, “metod”, “tarbiya” va
boshqalar). Shu bois mumkin qadar tushunchalarni faol ilmiy muloqot tarkibiga
kiritish uchun aniqlashtirish, chegaralashga harakat qiladi.
Pedagogikada ilmiy nutqning lug‘at zahirasi yangi, maxsus terminlar va
ta'riflar bilan boyib bormoqda. Masalan,
refleksiya, tyutor, boshqarish, moderator,
ta'lim menejmenti, innovatsion texnoloyalar, axborot texnologiyasi va boshqalar.
Foydalanilayotgan atamalarning aniq ta'rifi va maxsus pedagogik lug‘atini
shakllanishi pedagogika fani tiliga mos holda amalga oshirilishi zarur. Bu fanning
o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tili odatiy tilga juda yaqin bo‘lgani
uchun
tushunish birmuncha yengil kechadi. Shu sababli maxsus pedagogik tillar nafaqat
o‘qituvchi va tarbiyachiga tushunarli, balki ularni ota-onalar, o‘quvchi-talabalar va
keng jamoatchilik ham tez hazm qilishadi. Boshqa tomonidan odatdagi til bilan
ilmiy tilning yaqinligi fan sifatida pedagogika uchun xususiy bo‘lgan metodik
xaraterdagi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Maxsus pedagogik atamalar sifatida qo‘llanilayotgan tushunchalar
pedagogik tushunchalarni aniq ta'riflash ilmiy pedagogik g‘oyalarni
muvaffaqqiyatli rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Pedagogika o‘z tadqiqotlari natijalarini yozma ravishda ifodalashi bilan
birgalikda
diagramma, sxema, chizma, jadval asosida ham bayon etadi. Pedagogik
tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish uchun informatika, matematika, mantiq
(induksiya, deduksiya va boshqa) fanlarining metodlari, tushuncha
va ramzlaridan
keng foydalanilmoqda.
Erishilgan yutuq bilan fan tilining rivojlanishi to‘xtamaydi, u vaqt o‘tgan
sayin rivojlanib, boyib boraveradi.
Dostları ilə paylaş: