8
ning inson psixikasi haqida qo‘lga kiritilgan yu tuqlariga asoslanadi.
Masalan,
umumiy psixologiyaning
psixik jarayonlar, psixik holatlar, xususiyatlar,
inson shaxsi va uning faoliyati haqidagi ta’limotlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri
foydalanadi. O‘z navbatida
umumiy psixologiya ham bolalar psixologiyasi-
ning yutuqlariga asoslanadi. Umumiy psixologiya normal taraqqiy etgan
katta yoshdagi odamlarning psixik jarayonlari va individual-psixologik
xususiyatlarini o‘rganar ekan, bu psixik jarayonlar va individual
-psixologik
xususiyatlarning paydo bo‘lishini bilish kerak bo‘ladi. Psixik jarayonlar va
shaxsiy psi
xologik xususiyatlarning turli yoshdagi bolalarda paydo bo‘lishi
masalasi bilan yosh davrlari psixologiyasi shug‘ullanadi. De
mak,
bolalar
psixologiyasi bilan umumiy psixologiya hamda yosh davrlari psixologiyasi
fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir.
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari to
monidan qo‘lga
kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi
xususan bolalar nerv sistema
si va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan
foydalanmay ish ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom
rivojlanishi va me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim
shartlaridandir. Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari bola
nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita tanish bo‘lishlari
lozim.
Bolalar psixologiyasi pedagogika
fani bilan ham yaqindan
aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim
-tarbiya berish va ularni har
tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bola
lar psixologiyasi ta’lim
-
tarbiyaning maqsadi, yo‘l
-
yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika
fanidan oladi hamda unga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy
taraqqiyoti qonunlaridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim
-
tarbiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ta’lim
-tarbiya
berishga yo‘naltirilgan maxsus fanlar bola
lar psixologiyasi negizida ish
ko‘radi. Bolalarda hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malaka va
odatlarni shakllantirishda ularning psixik taraqqiyotini hisobga oladi va
yondashadi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyenasi, bolalardagi
kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya va bola
lar psixopatologiyasi bilan ham
bog‘liqdir. Bu fanlar bolalar psixologiyasi namoyandalariga b
olalar
psixik
taraqqiyotining normal borayotganini chuqurroq bilish va normal
taraqqiyotdan burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar
psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini
aniqlab berishi bilan birga shifokorlarning
bola psixologiyasini yanada
yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi. Psixik taraqqiyotdan
kechikayotgan va rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar psixikasini max
-
sus psixologiya fani o‘rganadi. Logopediya nutq faoliyati buzilishining
saba
blari, mexanizmlari, belgilari, yo‘nalishlarini o‘rganadi.
Defektologiya
9
fani ko‘rinishida, eshitishida nuqsoni bo‘lgan, psixik rivojlanishi orqada
qolgan, aqli zaif, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, tayanch apparatida nuqsoni bor
bolalar, serebral falaj (markaziy nerv sistemasining shikastlanishi), autizm
sindromiga chalingan bolalarni o‘rganadi va korreksion ishlar olib boradi.
Itimoiy psixologiya
–
psixologiya fanining tarmog’i bo’lib, insonlarning
ijtimoiy guruhlarning o’zini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bolalar
psixologiyasi bola psixik taraqqiyotini o’rganar ekan albatta, bolalar guruhi
bu guruhda bolalar o’rtasida amalga oshuvchi munosabatlarni e’tibordan
chetda qoldirmaydi.Bolalar psixologiyasi, ayniqsa bolaning tengdoshlari va
kattalar
bilan bo’lgan muloqati va uning bola rivojlanishiga ta’sirini
o’rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik
xususiyatlarining tarkib topishini o‘rganishda bolalar adabiyotidan,
xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi.
Har bir bola ertak
eshitib ulg‘ayadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, matallar,
masallar va boshqa janrlar bolani o‘zining sehrli olamiga
е
taklaydi. Bola
unda katta hayotni ko‘radi, olam bilan tanishadi, jonli va j
onsiz dunyoni
ko‘radi.
Ertaklar bola
larda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlaydi, kelajak
hayotga hozirlaydi.
Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murakkab psixik
jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator
fanlarning q
o‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi hamda bu fanlarga ham
o‘z predmetlarini chuqurroq o‘rganishlarida yaqindan yordam beradi.
5
Dostları ilə paylaş: