Ma’lumki kasbni mukammal egallash, kasb tilini aks ettiruvchi so‘zlar va terminlarni o‘rganish bilan boshlanadi. Hozirgi zamon tibbiy terminlari – keng qamrovli va murakkab terminlardan deb hisoblash mumkin. Bunda bir necha ming yilllik so‘zlar va birikmalar mujassamlashgan. Tibbiy va biologik terminlarda ko‘p asrlik an’analarni lotin tilining ishlatilishida alohida ahamiyatga ega. Talabalar tibbiyot tilini o‘rganishi uchun o‘quv bazasini yaratish lozim. “Lotin tili va tibbiy terminalogiya” qo‘llanmasi shular jumlasidandir. U bilimdon shifokor tayyorlashda va uning kasbiy til madaniyatini rivojlantirishda kerak bo‘ladi. Lotin tilini o‘qitish tibbiy terminlarining asosini o‘qitishdan boshlanadi.
Barcha tibbiy terminlar ichida “tizimlar tizimi” sifatida qaraladigan yetakchi tizimlar quyidagilar:
morfologik fanlar terminshunosligi – anatomiya va gistologiyasi
patologik anatomiya va klinik fanlar kompleksi terminshunosligi
farmasevtik terminshunoslik dori vositalari nomenklaturasi bilan
Qo‘llanmaning struktur birligi yakka tipdagi sxema bo‘yicha tuzilgan mashg‘ulot hisoblanadi. Har bir mashg‘ulot o‘z ichiga asosan, quyidagi komponentlarni oladi: yangi mavzu tushunchasi; talaba bilishi va qila olishi kerak bo‘lgan mashg‘ulot maqsadini formulirovkasi; o‘tilgan mavzu bo‘yicha talabaning bilim darajasini tekshirish maqsadida auditoriyada mustaqil ish uchun mashqlar; yangi grammatik yoki nazariy materialni tushuntirish; mustaqil ish uchun uyga vazifalar. Ba’zi darslar strukturasiga talabalar bilim va ko‘nikmalari hajmini aniqlashtirishga yordamlashish hamda o‘tilgan materialni o‘zlashtirishda xulosa chiqarish uchun nazariy savollar kiritilgan.
Alohida e’tibor berish kerak bo‘lgan eng muhim holatlar NB! (Nota Bene!) – YaxshiTushun! E’tibor Ber! qisqartmasi bilan belgilangan.
SHARTLI QISQARTMALAR RO‘YXATI
ar. - arabcha
asl. - asliga muvofiq
b. k. - bosh kelishik
h. - hokazo
hoz. zam. - hozirgi zamon
ist. - istehzo bilan
lot. - lotincha
mas. - masalan
od. d. - oddiy daraja
ort. d. - orttirma daraja
q. k. - qaratqich kelishigi
qiy. d. - qiyosiy daraja
s. t. - so‘z turkumi
turl. - turlanish
tusl. - tuslanish
yun. - yunoncha
Abl. - Ablativus
Abl. sing. - Ablativus singularis
Acc. - Accusativus
Acc. pl. - Accusativus pluralis
Acc. sing. - Accusativus singularis
Demin. - Deminutio
Gen. pl. - Genetivus pluralis
Gen. sing. - Genetivus singularis
NB! - Nota bene!
Nom. pl. - Nominativus pluralis
Nom. sing. - Nominativus singularis