Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar


-rasm. Odam tanasining lotin tilida nomlanishi. L eksik minimum



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə9/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)


1.1-rasm. Odam tanasining lotin tilida nomlanishi.


L eksik minimum


Otlar

atlas
atlant, I bo‘yin umurtqasi

axis
o‘q, II bo‘yin umurtqasi

caput
bosh

cerebrum
katta bosh miya

collum
bo‘yin

columna
pog‘ona

corpus
tana

cranium
kalla

dorsum
orqa, orqa tomon

encephalon
bosh miya

homo
inson, odam

os
suyak

skeleton
skelet

substantia
modda

thorax
ko‘krak qafasi

truncus
poya, tana

vertebra
umurtqa

Sifatlar

dexter
o‘ng

distalis
markazdan uzoqlashgan, distal

dorsalis
orqagaoid, dorsal

externus
tashqi

horizontalis
yotiq, gorizontal

internus
ichki

lateralis
tashqari, lateral

major
katta

medialis
ichkari, medial

medianus
o‘rtalikdagi

medius
o‘rtadagi

minor
kichik

profundus
chuqur

proximalis
tanaga yaqinroq, proksimal

sinister
chap

superficialis
yuzaki

ventralis old (qorin)


Nazorat savollari:

  1. Lotin alifbosi nechta harfdan iborat?

  2. Lotin alifbosi nechta unli bor?

  3. Lotin alifbosi nechta undosh bor?

  4. Qanday diftonlar mavjud?

  5. Lotin tilida qanday digraflar ishlatiladi?

  6. “C” harfi qanday tallaffuz qilinadi?

  7. “Ss” harfi qanday o’qiladi?

  8. “Xx” qanday tovushni beradi?

Natūra incipit, ars dirĭgit, usus perficit. – Tabiat boshlaydi, san’at yo‘naltiradi, mahorat mukammallashtiradi.
Prímum nóli nocēre. – Avvalambor, ziyonyetkazma.

§2. Lotin tilida bo‘g‘in cho‘ziqligi va qisqaligi. Urg‘u qoidalari.


Maqsad: Urg‘u qoidalarini bilib olish. Lotin so‘zlari talaffuzida urg‘uli bo‘g‘inni ajratib o‘qiy olish.

Urg‘u


Lotin tilida ham so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linadi, urg‘u olgan bo‘g‘in katta ovoz kuchi bilan talaffuz etiladi. So‘zda qancha unli harf bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi.
1. Bo‘g‘inlar so‘zning oxiridan boshlab hisoblanadi:
pro – fún – dus
3 2 1
2. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u unli harfga tushadi:
déns ós
3. Ikki bo‘g‘inli so‘zlarda urg‘u so‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘inga tushadi:
vé – na ós – sa
2 1 2 1
4. Lotin tilida urg‘u odatda so‘z oxiridan ikkinchi cho‘ziq bo‘g‘inga qo‘yiladi. Agar so‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘in qisqa bo‘lsa, u holda urg‘u so‘z oxiridan uchinchi bo‘g‘inga qo‘yiladi.
trans – vér – sus tu – bér – cu – lum
3 2 1 4 3 2 1
5. So‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘inlar quyidagi hollarda cho‘ziq o‘qiladi:
a) bo‘g‘in tarkibida diftong bo‘lsa:
di – áe – ta pe – ri – to – náe – um
3 2 1 5 4 3 2 1
b) unli harf ikki yoki undan ko‘p undoshdan oldin kelsa:
li – ga – mén – tum la – bi – rín – thus
4 3 2 1 4 3 2 1
c) unli harf z va x undoshlaridan oldin kelsa:
re – flé – xus gly – cyr – rhí – za
3 2 1 4 3 2 1
d) -ura, -itis, -oma ot yasovchi suffikslari:
in – ci – sú – ra bron – chí – tis a – de – nó – ma
4 3 2 1 3 2 1 4 3 2 1
e) -al-, -ar-, -at-, -in-, -os-sifat yasovchi suffikslari:
or – bi – tá – lis ar – ti – cu – lá – ris ha – má – tus
4 3 2 1 5 4 3 2 1 3 2 1
pel – ví – nus pa – la – tí – nus spi – nó – sus
3 2 1 4 3 2 1 3 2 1
NB!Serotinus va trigeminus sifatlarida -in- suffiksi qisqa o‘qiladi.
6. So‘z oxiridan ikkinchi bo‘g‘inlar quyidagi hollarda qisqa o‘qiladi:
a)b, c, d, g, p, t harflari l, r harflari bilan birikmalaridan oldin unli kelsa:
vér – te – bra cé – re – brum
3 2 1 3 2 1
b) unli yoki h harfidan oldin unli kelsa:
ó – le – um fó – ve – a éx – tra – hunt
3 2 1 3 2 1 3 2 1
c) -ol-, -ul-ot yasovchi suffikslari:
scá – pu – la al – vé – o – lus
3 2 1 4 3 2 1
d) -ic-, -id-, -il-, -it- sifat yasovchi suffikslari:
tho – rá – ci – cus flú – i – dus so – lú – bi – lis
4 3 2 1 3 2 1 4 3 2 1
com – pó – si – tus
4 3 2 1
7. Bo’g’inning cho’ziqligi harf ustiga to‘g‘ri chiziqcha ( ˉ ), qisqaligi – yarim oy ( ˘ ) qo‘yib belgilanadi: fissūra, canālis, tunĭca, tuberosĭtas, lamĭna, gingīva, pylōrus, orbĭta.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin