Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə6/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

KIRISH


Ko‘plab ta’limotlar: fizika, kimyo, astronomiya va xususan anatomiya, botanika hamda butun tibbiyotterminlari uchun yunon tili juda zarur.
Lomonosov M. V.
Ínvia est in medicína vía síne lingua Latína ( Lotin tilisiz tibbiyotga yo‘l yo‘q ).
Lotin tili va tibbiy terminlar asosi – Siz uchun yangi fan. Shuning uchun avvalambor biz uni o‘rganishdan qanday maqsad borligini, umumiy ko‘rinishda uning hajmi va tarkibini, tibbiyot va biologiyada bir nechayuz yilliklar mobaynida nega aynan lotin tili qo‘llanilayotganini yoritib olishimiz lozim.
Termin. Ilmiy tushuncha. Fan, texnika va sanoat sohasida muvaffaqiyatli ish olib mutaxassis uchun terminlar mohiyatini maxsus leksika, yoki boshqacha aytganda terminologiyani to‘g‘ri tushunishi hamda undan aniq foydalanishi zarur. Terminning (lot. terminus – chegara) asosiy vazifasi ilmiy tushunchani faqat o‘ziga xos ifodalashdan iborat. Termin sifatida alohida yakka so‘z (organizm, hujayra, organ, gen, kasallik, appenditsit, fluorografiya) bilan bir qatorda so‘z birikmasi (ko‘krak qafasi, ensa suyagi, gipertonik kasallik, sanitar ishlov berish, radiatsion gigiyena) ham bo‘lishi mumkin. Kundalik hayotda ishlatiladigan adabiy tilning ommabop so‘zlaridan farqli o‘laroq terminlarda ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalar ifodalanadi. Ilmiy tushuncha o‘zining ilmiy nazariy xulosalar mahsuliligi, ma’lum bir ilmiy nazariya, bilimlar ilmiy tizimi fragmentini aks ettirishi bilan ajralib turadi.
Definitsiya, yoxud ta’rif. Kundalik so‘zlaridan farqli ravishda ilmiy tushunchadefinitsiya (lot. definitio), yoki qisqa ta’rifga ega. Definitsiyada ilmiy tushunchaning ayrim mavjud belgilari namoyom bo‘ladi. Maxsus (terminologik), ensiklopedik lug‘atlarda terminlar ta’riflar bilan boyitilgan, misol uchun: “Pnevmoniya – mustaqil kasallik sifatida yoki biron-bir kasallik asorati sifatida hosil bo‘luvchi o‘pka to‘qimalarining yallig‘lanish jarayoni”.
Mutaxassis ham, mutaxassis bo‘lmagan shaxs ham umumadabiy til so‘zlari va so‘z birikmalaridan teng foydalansada, mutaxassis bo‘lmagan shaxsdan farqli ravishda mutaxassis definitsiyaga ko‘ra baho berish mumkin bo‘lgan ilmiy tushunchamohiyatini biladi, misol uchun: pnevmoniya, sil, skleroz, kardiogramma, stress va boshqalar.
Ilmiy tushuncha mohiyatini bilish – ushbu tushuncha (termin) ni boshqalariga bog‘lash, fanning tushunchalar tizimidan ma’lum bir o‘rin ajratish demakdir. Definitsiyada faqat ma’lum bir bosqichdagina ushbu bog‘liqlik va o‘rin namoyon bo‘ladi.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin