Uo’K 11. 124 Kbk 5ya2+81. Lat-4 Tuzuvchilar



Yüklə 25,53 Mb.
səhifə8/65
tarix21.10.2023
ölçüsü25,53 Mb.
#158573
növüУчебник
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
kitob tayyor15.04.2018 (Восстановлен)

I BO‘LIM

L OTIN ALIFBOSI. FONETIKA. LOTIN GRAMMATIKASI TERMIN HOSIL QILISH ENG AKTUAL ELEMENTLARI. ANATOMO-GISTOLOGIK TERMINSHUNOSLIK



In omnia paratus. – Barchasiga tayyor.
Medicina soror philosophiae. – Tibbiyot - falsafa singlisi.


§1.Lotin alifbosi. Fonetika. Unlilar talaffuz etilishi. Diftonglar va undoshlar talaffuz etilishni o‘ziga xosligi.


Maqsad: Lotin alifbosi harflari yozilishi va o‘qilishini eslab qolish. Ushbu harflarni ifodalaydigan tovushlarni talaffuz qila olish.

Lotin alifbosi


Lotin alifbosi 25 harfdan iborat:

Yozilishi

Nomi

O‘qilishi

A a

A

A

B b

Be

B

C c

Tse

ts / k

D d

de

D

E e

e

E

F f

ef

F

G g

ge

G

H h

ga

H

I i

i

I

J j

yot

Y

K k

ka

K

L l

el

L

M m

em

M

N n

en

N

O o

o

O

P p

pe

P

Q q

ku

K

R r

er

R

S s

es

s / z

T t

te

T

U u

u

U

V v

ve

V

X x

iks

ks

Y y

ipsilon (igrek)

i

Z z

zeta

z



Tovushlar tasnifi


a, e, o, i, u, y harflari unli harflarni beradi.
b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z harflari undosh harflarni beradi.
Unli harflar o‘z navbatida bir unlilar (monoftonglar) va ikki unlilar (diftonglar) ga bo‘linadi.

Unli harflarning talaffuzi


a – a – aorta – [aorta] – aorta
e – e – vertebra – [vertebra] – umurtqa
o – o – foramen – [foramen] – teshik
i – i – vita – [vita] – hayot
I i harfi so‘z yoki bo‘g‘in boshida unli harfdan oldin kelsa, hamda ikki unli harf orasida kelsa [y] kabi talaffuz etiladi: iugularis [yugularis] bo‘yinturuqqa oid; iunctura [yunktura] bog‘lanma; maior [mayor] kattaroq; iuga [yuga] tepalik.
Yuqorida ko‘rsatilgan vaziyatlarda zamonaviy tibbiyotterminshunosligida i o‘rniga J j – yot harfi qo‘llaniladi: jugularis [yugularis]; junctura [yunktura]; major [mayor]; juga [yuga].
J j harfi faqat yunon tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagina yozilmaydi, chunki unda [y] tovushi bo‘lmagan: iatria [iatria] davolash; iodum [iodum] yod.
u – u – rotundus – [rotundus] – yumaloq
y – i – myologia – [miologiya] – muskullar haqidagi fan
Y y ipsilon, igrek (fr. i grec – yunoncha «i»)yunon tilidan kelib chiqqan so‘zlarda ishlatiladi: tympanum [timpanum] (yun. τυμπανον) nog‘ora; gyrus [girus] (yun. γυρος) pushta.

Diftonglar


Diftong – ikkita turli unli harflarning bitta tovush sifatida talaffuz etilishi.
Lotin tilida 6 diftong bor:
au – au – auris – [auris] – quloq
eu – eu – pneumonia – [pneumoniya] – pnevmoniya
ae – e – gangraena – [gangrena] – gangrena
oe – e – oedema – [edema] – shish
Agar [e] harfi ustida ikki nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, u holda harflar o‘zining alohida tovushni ifoda etadi:
– ae – aër – [aer] – havo
– oe – aloe – [aloe] – aloe

Undosh harflar talaffuzining o‘ziga xosligi


Sc harfi a, o, u unlilar oldida, barcha undosh harflari oldida, so‘z oxirida [k] kabi o‘qiladi, mas.:
caput – [kaput] – bosh
costa – [kosta] – qovurg‘a
cutis – [kutis] – teri
cranium – [kranium] – kalla
lac – [lyak] – sut
Sc harfi e, i, u unlilari oldida va ae, oe diftonglar oldida tursa [ts] kabi o‘qiladi,mas.:
cito – [tsito] – tez
cella – [tsellya] – hujayra
cyclus – [tsiklyus] – sikl
caecus – [tsekus] – ko‘r
coeruleus – [tseruleus] – zangori, ko‘k
H h harfi[g] kabi o‘qiladi:
herba – [gerba] – ko‘kat
homo – [gomo] – inson
K k harfi lotin tiliga chet tildan kirgan so‘zlarda ishlatiladi,mas.:
kalium – [kalium] – kaliy
L l harfi juda yumshoq talaffuz etiladi:
lac – [lyak] – sut
S s harfi ko‘p holatlarda va ikkilanib kelganda [s] kabi, unli harflar orasida kelganda hamda m, n bilan unlilar orasida kelganda [z] kabi o‘qiladi:
semen – [semen] – urug‘
processus – [protsessus] – o‘simta
fossa – [fossa] – chuqur
resina – [rezina] – yelim
chiasma – [xiazma] – kesishma
X xharfi [ks] tovushini beradi:
radix – [radiks] – ildiz
maxilla –[maksillya] – yuqori jag‘
Z z harfi yunon tilidan kelib chiqqan so‘zlarda [z] kabi, yunon tilidan kelib chiqmagan so‘zlarda esa [ts] kabi o‘qiladi:
zona – [zona] –soha
zincum – [tsinkum] –rux

Harf birikmalarining talaffuzi


Q q harfi doim u bilan qo‘llaniladi va [kv] kabi o‘qiladi:
aqua – [akva] – suv
Ngu harf birikmasi unlilardan oldin kelsa, [ngv] kabi, undoshlar oldidan kelsa, [ngu] kabi o‘qiladi:
lingua – [lingva] – til
angulus – [angulyus] – burchak
Ti harf birikmasi unlilardan oldin kelsa, [tsi] kabi, x, s undoshlaridan keyin kelsa, [ti] kabi o‘qiladi:
Solutio – [solyutsio] – eritma
mixtio – [mikstio] – aralashma

Digraflar talaffuzi


Yunon tilidan kelib chiqqan so‘zlarni tegishli tovush orqali yetkazish uchun ,rimliklar tomonidan lotin tiliga kiritilgan ch, ph, rh, th digraflari mavjud:
ch – x – nucha – [nuxa] – gardan
ph – f – phosphorus – [fosforus] – fosfor
rh – r – rheum – [reum] – rovoch
th – t – thorax – [toraks] – ko‘krak qafasi
Sch harf birikmasi [sx] kabi o‘qiladi:
ischium – [isxium] – quymuch

Mashqlar


I.C“harfi o‘qilishiga e’tibor bering:
caput - bosh; collum - bo‘yin; cavitas - bo‘shliq; occiput - ensa; truncus - poya, tana; facies - yuza; caecus - ko‘r; cerebrum - bosh miya; clavicularis - o‘mrovga oid; scapula - kurak suyagi; accessorius - qo‘shimcha; musculus - mushak; sceleton - skelet; cruciatus - xochsimon; cementum - sement; cavum cranii - kalla bo‘shlig‘i; saccus lacrimalis - ko‘z yoshi haltasi; cartilago - tog‘ay; condylus - do‘ng; biceps - ikki boshli; cellula - katakcha, hujayra; corpus - tana; sulcus palatinus - tanglay egati; sulci palatini - tanglay egatlari; vertebrae cervicales - bo‘yin umurtqalari; vertebrae sacrales - dumg‘aza umurtqalari; os coccygis - dum suyagi; foramina sacralia dorsalia - orqa dumg‘aza teshiklari; bucca - lunj; buccae - lunjlar.
II.I” va “j” harflari o‘qilishiga e’tibor bering:
intestinum - ichak; infraspinatus - o‘tkir qirra osti; iater (yun.) - shifokor; paries inferior - pastki devor; insula - orolcha; junctura (iunctura) - bog‘lanma; jugum (iugum) - tepalik; jugularis (iugularis) - bo‘yinturuqqa oid; canalis palatinus major (maior) - katta tanglay kanali; fossa infratemporalis - chakka osti chuqurchasi; tuberculum majus (maius) - katta do‘mboqcha; jejunum (ieiunum) - och ichak; iliacus - yonboshga oid
III.Ss” va “s” harflari o‘qilishiga e’tibor bering:
fossa - chuqurcha; humerus - yelka suyagi; mesenterium - ingichka ichak tutqichi; impressio - botiq; sinus - sinus; sigmoideus - sigmasimon; septum nasi - burun to‘sig‘i; canalis hypoglossalis - til osti kanali; processus styloideus - bigizsimon o‘simta; basis cranii - kalla asosi; segmentum - segment; pars petrosa - toshsimon qism; chiasma - kesishma; fissura - yoriq; dens incisivus - kesuvchi tish; platysma - bo‘yinning teri osti mushagi; mesogastrium - me’da tutqichi; mucosus - shilliqli; nasolacrimalis - burun-ko‘z yoshiga oid; sulcus sinus transversi - ko‘ndalang sinus egati.
IV.X” va “z” harflari o‘qilishiga e’tibor bering:
flexio - bukish; axis - o‘q, ikkinchi bo‘yin umurtqasi; externus - tashqi; maxillaris - yuqori jag‘ga oid; fornix - gumbaz; index - ko‘rsatkich, ko‘rsatkich barmoq; punctum fixum - qotirilgan nuqta; plexus - chigal; larynx - hiqildoq; dexter - o‘ng; maxilla - yuqori jag‘; circumflexus - aylanib o‘tuvchi; radix - ildiz; extremitas - oxir; os coxae - chanoq suyagi; stratum zonale - belbog‘li qavat; zygomaticus - yonoqqa oid; trapezius - trapetsiya; zona orbicularis - aylanma soha; vena azygos - toq vena.
V.Qu” va “ngu” harflari o‘qilishiga e’tibor bering:
squama occipitalis - ensa tangasi; lamina quadrigemina - to‘rtlik yassi qatlami; quadratus - kvadrat; vertebra quinta - beshinchi umurtqa; linea obliqua - qiyshiq chiziq; lingua - til; lingula - tilcha; inguinalis - chovga oid; unguis - tirnoq; squamosus - tangasimon; os triquetrum - uch qirrali suyak; sublingualis - til osti; angulus - burchak; sanguis - qon; sanguineus - qonga oid.
VI.Quyidagi so‘zlarni lotin harflari yordamidayozing:
nervus, subkutaneus, akustikus, organon, apeks, skeleton, kapitulum, maksilla, kauda, dentes, kvantus, tenzor, sella, sangvis, sellula, artikulatsio, rinensefalon, mukozus, komissura, kvadritseps, fibroza, pleksus, vas, vaza, os kokse, diafragmatikus.

Yüklə 25,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin