Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri ham Komil inson g‘oyasidir. Unda keltirilishicha komil inson bu - ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir
Komil inson g‘oyasi o‘zining amal qilish tamoyiliga ega bo‘lib, uni quyidagilar tashkil etadi: · Jismoniy barkamollik
· Aqliy barkamollik
· Ma’naviy barkamollik
· Milliy qadriyatlarga sodiqlik
· Umumbashariy qadriyatlarni hurmat qilish
Komil va barkamol insonlar millat,jamiyat va davlat taqdiriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Inson kamolotida jismoniy va ma’naviy go‘zallik muhim axamiyat kasb etadi. Jismonan baquvvat, sog‘lom bo‘lish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Komillikning yana bir jihati vatanga, millatga, elu-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir.
Komillik insoniy fazilatlarning uyg‘unligini ifodalaydi. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sog‘lom fikr va oqilona so‘zi bilan amaliy faoliyati, tili bilan dili birday bo‘lishi komillikning mezonlaridir
Barkamol inson haqidagi yuksak g‘oyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida, ayniqsa teran ifoda etilgan.
Aslida komil inson, bu - tariqat va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir. Voiz Koshifay «Futuvvatnomai sultoniy» asarida tasavvufning komillikka daxldor binosi o‘nta asosga qurilgani aytiladi: 1) ilm; 2) hilm; 3) taqvo; 4) saho; 5) shukr; 6) sidq; 7) vafo; 8) rizo; 9) safro; 10) ishq.
Birinchi Prezident fikricha, Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»[51],
Komillik. Kamolot. Barkamol. Mukammal odam. Komil inson. Piri komil... Bu so‘z, iboralarni ko‘p eshitamiz, aytamiz, o‘qiymiz. Lug‘atlarda Komil so‘zi – to‘liq, etuk, mukammal ma’nolarini, “barkamol” esa etuklikka erishgan, mukammal, kamol topgan, bekamu-ko‘st ma’nolarini berishi aytiladi. YAnada aniqroq kirsak, bekam – biror jihatida kami, kemtigi yo‘q; beko‘st – biror egri yoki ortiqcha joyi yo‘q, benuqson degani.
Komil inson g‘oyasi asrlar davomida xalqlar, dinlarning ertak, dostonlarida, milliy qadriyatlarida, rivoyatu hikoyatlarida, kitoblarida, urf-odatlarida kelayotir. Al Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy kabi allomalarimiz asarlarida, milliy tarbiyamizning bosh g‘oyasi bo‘lib keldi. Jahon sayyohlarini maftun qilayotgan me’moriy obidalar, qasrlar, madrasalar peshtoqlaridagi yozuvlarda, haykal, devoriy suratlarda ham bobolarimizning (bugungi tilda aytsak) g‘oyalari bitilgan. Ularda ham “Komil inson” g‘oyasining turli shakl va tasvirlari bisyor. SHuning uchun haqli ravishda O‘zbekiston - olamga komil inson g‘oyasini bergan buyuk sivilizatsiya markazlaridan biri, deya olamiz.
Komil inson g‘oyasi biz uchun bugun ko‘tarilgan g‘oya emas. Bu haqiqat milliy tarbiyamizning tub negizlaridan kelayotir. Bunga er ustidagi obidalar ham, er ostidagi arxeologik dalillar ham guvohlik bermoqda. Ularda bobolarimizning barmoq izlari qolgan.
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.
Abatta, ta’lim-tarbiya — ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi.
SHu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. SHu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.
SHuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa deb, ta’kidlaydi Islom Karimov, “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida, ...milliy g‘oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo‘yish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan etuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat.