Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə44/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

YAponiyaning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida maktabga tinchlik va insoniylik ideallariga amal qiluvchi millatni shakllantirish missiyasi yuklatilgan. YA’ni: shaxs sifatlarini to‘liq rivojlantirish; tinchlikparvar davlat va jamiyat quruvchilarini tarbiyalash, haqiqatparvarlik va adolatlilik; shaxsiy erkinlik; mehnatsevarlik; mas’uliyatlilik; mustaqil fikrlilik; o‘zgalar bilan hamkorlik, mustaqil fikrga egalik; an’anaviylik bilan zamonaviylikni anglash; xalqaro hamkorlikka tayyorlik; kundalik turmush malakalariga egalik; ruhan va jismonan kuchlilik; o‘zini baxtli va boshqalar bilan uyg‘un qila olish fazilatlari shakllantirilmoqda.
Ta’lim muassasalari uchun chiqarilgan “Ideal yaponning fazilatlari” deb nomlangan hujjatda yapon yoshlarida 16 ta fazilatni shakllantirish belgilab berilgan. 16 fazilat 4ta guruhga bo‘linadi. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o‘ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo‘lish, o‘z hohishlarini idora qila olish, pietet(ehtirom) tuyg‘usiga egalik; 2) oila boshlig‘iga xos sifatlar: o‘z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: o‘z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo‘shish, ijodkorlik, milliy(ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: vatanga sodiq bo‘lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo‘lishni o‘rgatadi. 
YUksak texnologiyalar global rivojlanayotgan XXI asrda Birinchi Prezidentta’kidlagan intellektual boylik etakchilik qiladi. SHuning uchun bugunning komil insonlariga O‘zbekiston qo‘yayotgan talablar bir tomondan yuksak rivojlangan davlatlar bilan hamohang ekanligi, ikkinchi tomondan, ma’naviyat, intellekt ustuvorligi bilan ajralib turadi. YA’ni farzandlarimizda intellektual rivojlanganlik, zamon talablariga mos tayyorlik, yuksak ma’naviyat, axloqiy sog‘lomlik, jismoniy chiniqqanlik, mustaqillik ideallariga cheksiz sadoqat, Vatani va xalqiga sodiq, milliy o‘zligimizga yot g‘oya, qarashlarga murosasizlikni mujassam etish taqozo etilmoqda.
Mana shu fazilatlarning birortasi sust bo‘lsa, uyg‘unlik buziladi. Masalan, axloqi pok, jismonan kuchli bo‘lsayu, intellektual rivojlanmagan bo‘lsa; yoki intellektual, jismonan kuchli bo‘lsayu, mustaqillik ideallariga sodiq bo‘lmasa, bunday shaxsni Komil inson deb bo‘ladimi? Aslo. SHuning uchun ham “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish — ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim”. Deb, ta’kidlaydi O‘zbekiston yarespublikasi Prezidenti Islom Karimov. (YUksak ma’naviyat – engilmas kuch).

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin