Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə72/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

27-mavzu: O‘zbekistonda g‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institutsional tizimi.
G‘oyaviy ta'lim -tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning o‘zaro bog‘liqligi va boshqa ta'lim-tarbiya shakllari bilan aloqadorliklari. G‘oyaviy ta'lim -tarbiyaning obyekti va subyekti, usul vositalari hamda inson va jamiyat hayotiga ta'sir yo‘nalishlari. Davlat va jamiyat taraqqiyotida g‘oyaviy ta'lim -tarbiya va targ‘ibot—tashviqotning o‘rni, roli va ahamiyati.
O‘zbekistonda va dunyodagi boshqa mamlakatlarda amalga oshirilayotgan g‘oyaviy-mafkuraviy ishlar, ularning tashkiliy-uslubiy asoslari va yo‘nalishlari. O‘zbekistonda g‘oyaviy ta'lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot institusional tizimi uning demokratik xususiyatlari. G‘oyaviy- mafkuraviy ishlarga mutassadi muassasa-tashkilotlar. Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, g‘oyaviy ta'lim tarbiya tizimi, ularning faoliyat yo‘nalishlari, maqsadlari va vazifalari. G‘oyaviy va mafkuraviy ishlarda ta'lim muassalarining o‘rni.
1. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi amalga oshirilishi.
2. Mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari shaklanishi.
3. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining tashkil qilinishi.
Istiqlolning dastlabki yillarida xalqimizning ko‘p asrlik tarixga ega boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon ilm-fani, madaniyati, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish nihoyatda dolzarb vazifalardan biri edi. SHuning uchun ham YUrtboshimiz tomonidan ta’lim-tarbiya masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
YUrtboshimiz yosh avlod ta’lim-tarbiyasi haqida davlatning o‘rni to‘g‘risida to‘xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo‘ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir.
Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur”, deb ta’kidlagan edi.
Ma’lumki, mamlakatimizda 1997 yildan buyon Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu dastur doirasida 12 yillik majburiy ta’limga, jumladan, 9 yillik maktab ta’limi va undan keyingi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga bosqichma-bosqich o‘tildi.
Ushbu yillar mobaynida mamlakatimizda deyarli barcha umumta’lim maktablari yangitdan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, ularning umumiy soni esa 9860 taga etdi. 8 mingdan ortiq ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi, gaz va suv bilan ta’minlandi, markazlashtirilgan kanalizatsiya tarmoqlariga ulandi. Bugungi kunga kelib 9400 dan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96%i Ziyo Net elektron axborot tarmog‘iga ulangan[84].
Ta’lim tizimidagi islohotlar va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi tubdan o‘zgardi. Mamlakatimizdagi bir yarim mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda umumta’lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini to‘liq qamrab olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistondagi ta’limning barcha bosqichlari uchun zamona talablariga javob beradigan yangi davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, shu jumladan, multimediyali o‘quv dasturlari hamda millionlab nusxada nashr qilinayotgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda. Har bir o‘quv muassasasida o‘quv adabiyotlarning, shu jumladan, elektron o‘quv adabiyotlarining katta zaxiralariga ega, o‘z axborot-resurs markazlari mavjud.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida bakalavriat va magistraturadan iborat ikki bosqichli xalqaro standartga o‘tish amalga oshirildi. Mustaqillik yillarida oliy o‘quv yurtlari soni 37 tadan 66 taga o‘sdi. SHuningdek, YUrtimizda xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Turin politexnika universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti kabi xalqaro oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat yuritmoqda.
Mamlakat oliy o‘quv yurtlarida ta’lim, fan va ishlab chiqarishni birlashtirish jarayoni rivojlanmoqda. Talabalar ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etmoqdalar, innovatsion faoliyat bilan, shu jumladan, korxonalar buyurtmasiga ko‘ra shug‘ullanmoqda. Talabalarning ishlari mamlakatimizning yangi texnologiyalarini va fan keng qo‘llanalidagan mahsulotlarni namoyon etuvchi har yillik ko‘rgazmalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Aytish joizki, ta’lim tizimini isloh qilish davr talabi edi. Isloh zaminida kelajagi buyuk davlat yaratish maqsad ­ muddaosi bor. SHu bois O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim­tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to‘g‘risida” gi Farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ulkan tarixiy ahamiyatga ega.
Ma’lumki, har bir davlatning ta’lim sohasida o‘z dasturi, konsepsiyasi va andozalari bo‘ladi. Bu dastur va konsepsiyalar ta’lim tizimining to‘la isloh qilinishi va o‘ziga xos universal model yaratish yoki mukammallashtirish, mavjud tizimlardan foydalanib, o‘z ta’lim sohasini rivojlantirish strategiyalarini nazarda tutishini tushunish mumkin.
Davlatimizda ishlab chiqilgan dastur, garchi milliy bo‘lsada, u umumiy va chegaralanmagan ta’lim tizimi, strategiyasi va modellari, andozalari talablarini hisobga olgan holda tuzilganligi, chegaralanmagan universal tizim tarzidadir.
Mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari shaklandi. Natijada fuqarolik jamiyatini barpo qilish omillari yaratildi. Ayni paytda taraqqiyotning hozirgi tezkor sur’ati inson shaxsi, ongi, dunyoqarashi, qobiliyati va mayllarini tezda kamol toptirishni taqazo etayotganligi o‘z-o‘zidan aniq. SHuning uchun ham yangi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish talabiga mos malakali, etuk ma’naviyatli, fidoyi va vatanparvar mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Bu vazifaning muvaffaqqiyatini ta’minlash uchun maxsus Milliy dastur yaratish kun tartibiga qo‘yildi. Milliy dastur asosida ta’limni tubdan isloh qilish uchun butun ta’lim-tarbiya jarayoniga istiqlol ruhi, Vatan tuyg‘usi, millat kelajagi, jamiyat ravnaqi, komil insonni voyaga etkazish g‘oyalari singdirilib, aqliy-ma’naviy, axloqiy-ruhiy, jismoniy-ijtimoiy barkamol avlodning o‘sib ulg‘ayishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy, ma’rifiy-moddiy shart-sharoitlarni ro‘yobga chiqarish kutilmoqda. Milliy dastur buyuk kelajak sari dadil qadam qo‘ygan O‘zbekistonda yangi avlodni tarbiyalash, odamlarga munosib farovon turmush sharoitini yaratishga yo‘naltirilgan eng oqilona ma’naviy-ijtimoiy, ma’rifiy-mafkuraviy muhit barpo etishi tabiiydir. Demak, keng qamrovli va ulug‘ maqsadli Milliy dastur ishlab chiqish orqali ta’lim-tarbiya tizimlari, mazmuni, pedagogik asoslarini yangilash imkoniyatlari kuchayadi.
Ayni shu jarayonda davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg‘aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma’naviyatning barqaror mag‘zi, yaratuvchan kuchi mavjud.
Ta’bir joiz bo‘lsa, bunday kishilarda millat tafakkurining qaymog‘i jamlangan va faoliyatida rivoj topgan bo‘ladi. SHuning uchun ham aqliy, shuuriy zakovati etuk, milliy ma’naviyati kamol topgan, Vatan va millat tuyg‘usi qalbida jo‘sh urgan bunday shaxslar boshqa madaniyatlarga ro‘baro‘ kelganda o‘ziligini yo‘qotmaydi, o‘zga madaniyatlar ta’siriga tushib qolmaydi.
Milliy dasturda qabul qilingan atamalardan, ta’lim tuzilmasi tizimlarida mavjud bo‘lgan struktura va terminlardan foydalanishi zarur bo‘lgan an’anaviy usuldir. Ammo kadrlar tayyorlash sohasidagi milliy modelning tizimlari va tarkibiy qismlari turlichadir. Faqat O‘zbekistonning o‘ziga xos, ya’ni kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarkibi ­ bu shaxs (sub’ekt), davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish deb konkretlashtirilishi milliy dasturning yagonaligidir. Milliy dasturda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb­hunar ta’limining majburiyligi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarini tanlashning ixtiyoriyligi va ularda bepul, davlat hisobidan o‘qitish, bilim berish imkoniyatlarining yaratilganligi, dasturdagi umumiylik va milliylik, ta’limning ijtimoiy taraqqiyotda ustuvor deb e’lon qilinishi, ta’lim demokratiyasi, ta’lim olishning majburiyligi, iste’dodga berilayotgan e’tibor diqqatga sazovor hisoblanadi.
Ma’lumki bugungi kunda yuksak ma’naviyatli kishilarni shakllantirish, nafaqat jamiyat, balki davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Binobarin, yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalamasdan turib buyuk kelajakni barpo etish mushkul.
Ana shu nuqtai nazardan mamlakatda ta’lim bilan tarbiyani birgalikda olib borish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksaltirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori, mamlakatimizda targ‘ibot tashviqot ishlarini amalga oshirishda ulkan ahamiyatga ega.
SHuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targ‘ibot markazi o‘rniga kengashning ilmiy-amaliy yo‘nalishida faoliyat olib boradigan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika “Ma’naviyat va marifat” markazi o‘rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ‘ibot yo‘nalishida faoliyat olib boradigan Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashkil etilib ular faoliyatiga jumladan, qo‘yidagi vazifalar belgilandi:
-milliy g‘oya va mafkura masalasi bilan bog‘liq dolzarb muammolarni, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
-bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yurtimizga qarshi qaratilgan g‘oyaviy va informatsion xurujlar, ularning ortida turgan kuchlarning g‘arazli maqsadlarini fosh qilish, odamlarni xushyorlikka va ogohlikka da’vat etish, olimlar, siyosatchi va mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;
-sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish
-aholining keng qatlamlari, avvalambor yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish[85].
Binobarin, ushbu qarorda milliy g‘oya va ma’naviy ma’rifiy ishlarning mamlakat taraqqiyotida o‘rni beqiyos ekanligi shunda ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi etib tayinlandi.
SHuningdek, viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi, oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektorlar, o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda xalq ta’limida direktor o‘rinbosarlari lavozimlarining tashkil qilinishi va ularning olib borayotgan targ‘ibot tashviqot ishlari yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga hisobdor qilib qo‘yilishi targ‘ibot-tashviqotning institutsional tizimi vujudga kelganligini ko‘satadi. Albatta bu tizim yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalash va kelajagi buyuk davlatni borpo etishimizda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin