Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g‘oyaga ehtiyojning ortishi



Yüklə 467,7 Kb.
səhifə74/115
tarix08.01.2023
ölçüsü467,7 Kb.
#78735
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
Urdu elektron ta\'lim tizimi O\'zbekcha (uz)

28-mavzu: O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida milliy g‘oyaga ehtiyojning ortishi.
Demokratik taraqqiyot va milliy
g‘oyaning o‘zaro aloqadorligi. O‘zbekistonda
demokratik jamiyat qurish maqsadari.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
tushunchalarining milliy g‘oya maqsadlari bilan
uzviy aloqadorligi. "Fuqarolik jamiyati" bu
boradagi g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlar va
munosabatlar mohiyati. O‘bekistonda fuqarolik
jamiyati qurilishining g‘oyaviy-mafkuraviy
asoslari. Milliy g‘oyada fuqarolik jamiyati
qurish maqsadlarining aks etishi.

1. Demokratik taraqqiyot va milliy g‘oyaning o‘zaro aloqadorligi.
2. Milliy ong, milliy g‘oya, o‘ziga xoslik millatga mansublikni yuqori darajada anglashdan kelib chiqadi.
3. Fuqarolik jamiyati qurish islohotlari
Demokratiya o‘zining mazmun mohiyatiga ko‘ra ko‘p ta’riflarga ega bo‘lib, uni sodda qilib qo‘yidagicha tushunish mumkin. “Demokratiya – ongli fikrlash, har qanday ehtiroslardan holi, aql-idrokka tayangan munosabat. Demokratiya-yuksak ma’naviyat va ichki madaniyatni oshkor etish madaniyati: demokratiyani anglash shaxsning barcha uchun birday zarur bo‘lgan qonunlarga to‘la amal qilish, aniq tartib intizomlarga tayanib yashash salohiyati, demokratiya bizga inson haq-huquqlarini himoya qiladigan, umumxalq va umumdavlat manfaatlarini himoya qiladigan barchaning qonunlarga bo‘ysunib yashashini o‘rgatadi va talab qiladi.”[86]
Ma’lumki, inson to ma’naviy kamolotga etmaguncha, demokratiyaning mazmuni va ko‘lami kutilgan natijani bermaydi. Ana shundan kelib chiqib, Birinchi Prezident“…demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Demokratiyaga tinimsiz aqliy va jismoniy mehnat qilib, ter-to‘kib, hayotning achchiq-chuchugini obdon tortib, keyin aytish mumkinki, hatto fojeali tajribalarni ham boshdan o‘tkazib, og‘ir sinov va kurashlarga mardona bardosh beribgina erishish mumkin”,[87] - degan edi. Demak, ana shu murakkab jarayonlarga har birimiz alohida tayyorgarlik ko‘rishimiz, o‘zimizni demokratiyaga tayyorlab borishimiz, ichki bir ma’naviy qudrat bilan o‘zimizni tarbiyalab borishimiz kerak. Demokratiya haqida yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti ta’biri bilan aytganda: “...demokratiya avvalombor ma’naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir... huquqiy davlat fuqarolik demokratiyaning o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki jihati, ikki qanotidir”.[88]
Fuqarolik jamiyati – mazkur mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o‘z ixtiyori asosida qurishga to‘la erkinlikni kafolatlovchi ma’lum ijtimoiy tizim[89]. Fuqarolik jamiyatini insonlardagi o‘z – o‘zini anglash, ularning ob’ektiv ravishdagi mas’uliyat hissini sezish qobiliyatining yuksalishiga hamohang ravishda shakllanib boradi. M.Qirg‘izboev ta’kidlaginidek: «...fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning institutlari tizimidagi barcha – davlat va nodavlat jamoat tashkilotlariga a’zolikning ixtiyoriy shaklda bo‘lishidir. Bu qoida, birinchidan, jamiyatdagi demokratiyaning yuqori darajasini namoyon qilsa, ikkinchidan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy ongi va faolliklari yuksakligini bildiradi»[90]. Fuqarolik jamiyati tushunchasi fuqaro va davlat, huquq hamda majburiyatlarning uyg‘unligiga asoslangan huquqiy jamiyat tizimini o‘z ichiga qamrab oladi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida milliy ong va milliy o‘zlikni anglash jarayoni na faqat bizning mamlakatimizda, balki butun jahon miqyosidagi asosiy masalalardan biri sifatida e’tirof etildi. Bunday holatning yuzaga kelishi albatta tabiiy, chunki har bir millatning muayyan tarixiy yo‘li va etnogenezi mavjud bo‘lib, ular millat istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday faoliyat jarayoni bu yo‘nalishdagi turli maqsadlar bilan ham ifodalanadi. Milliy o‘zlikni anglashning asosiy maqsadini biz keng va tor ma’nolarda talqin etishimiz ham mumkin. Keng ma’noda u har bir insonga munosib turmush tarzini yuzaga keltirish va jahon sivilizatsiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lish kabi voqeylik sifatida dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo‘lsa, tor miqyosda esa u insonning yashayotgan mamlakati, viloyati, tumani, mahallasi, o‘z qarindosh-urug‘lari oldida ham muhim e’tiborga molik bo‘lgan hodisa sifatida tushuniladi. SHu bois bugungi kunda O‘zbekiston va unda o‘zbek millati o‘z-o‘zini anglash jarayonida nimalarga e’tibor qaratishi, mazkur jarayonda namoyon bo‘luvchi ijobiy va salbiy tomonlarni tahlil etish, bu faoliyatni chuqurroq tushunib etishdagi saviyasining yuqori yoki pastlik darajasini aniqlash, keyingi avlodlarga nimalarni meros qilib qoldirayotganligini bilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Milliy ong va o‘zlikni anglash qul qilingan xalqlarga o‘zining an’analarini saqlab qolish va mustahkamlash, o‘zining odatlari, madaniyati va tili bilan g‘ururlanish imkonini yaratdi. Milliy g‘oyaning zaifligi milliy ong pastligidan, millat vakillari tarixi va taqdiri bir bo‘lgan etnik birlikka mansub ekanini anglay olmaganidan, qadrlamaganidan kelib chiqadi. G‘animlarimizning xalqimiz milliy ongiga ta’sir ko‘rsatishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlari Birinchi Prezident xulosa qilganidek: «O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni bo‘zish, toboro kuchga kirayotgan davlatimizni ag‘darish, tanlagan yo‘limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo‘rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotish, bir-biriga qarshi qo‘yish, yurtimizda, mintaqamizda o‘z manfaati, o‘z siyosatini o‘tkazishdan iborat»[91].
Milliy ong, milliy g‘oya, o‘ziga xoslik millatga mansublikni yuqori darajada anglashdan kelib chiqadi. Kachonki, xalq o‘z tarixiy taraqqiyoti davrida millat bo‘lib shakllanib, unga mansublikni oriyat, qadr-qimmat va qadriyat darajasida himoya qilishga, asrab avvaylashga intilsa, bu ayni muddaodir.
SHu ma’noda bugungi kunda milliy tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy, shu bilan birga, dolzarb vazifalar hisoblanadi. SHuningdek, hozirgi davrda mafkuraviy maqsadlar asosida turli milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash, ularni teran anglash, ilmiy talqin qilish muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik davriga kelib O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari boshlandi. Mustaqillikning o‘tgan davri ichida Birinchi Prezident ta’kidlab o‘tganidek, “fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sosial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda”[92]Darhaqiqat, O‘zbekistonda tub o‘zgarishlar jarayonlaridagi davlatning bosh islohotchilik o‘rni asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayonlarida o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, Birinchi Prezidentning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ilgari surilgan konseptual maqsadlar yurtimizda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bir davrini boshlab berdi. Mazkur Konsepsiyadagi asosiy vazifalardan biri – bu fuqarolik jamiyati institutlarini davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzi va maqomini oshirish, ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshira olish darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. SHuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayoni jamoatchilik va fuqarolik nazorati institutlarini jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqdir. Konsepsiyaga muvofiq ravishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi“O‘zbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqilishi va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilinishi, shuningdek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga va “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish natijasida mamlakatda rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratdi, mamlakatni jahon integratsiyasiga teng huquqli a’zo sifatida kirishiga yana bir imkon berdi.
Mamlakatda “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarida nafaqat davlat boshqaruv organlarini nomarkazlashtirish va demokratlashtirishga muhim e’tibor berilmoqda, balki davlat hokimiyati organlariga ta’sir etadigan fuqarolik jamiyati institutlarini davlat hokimiyatini demokratlashtirishdagi rolini oshirishga ham muhim e’tibor berilmoqda. Bu sohaga doir islohotlarning navbatdagi bosqichini Birinchi Prezident quyidagi fikrida ifodalab berdi: “Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta subekti, ya’ni davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda”[93].
Fuqarolik jamiyati – bu fuqarolarning fikr erkinligi, ya’ni jamiyat institutlarining faolligi, demoqchimizki, Birinchi Prezidentta’kidlaganidek, tenghuquqlilik, “partiyalarning aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonish maqsadida izchil ish olib borishlari, siyosiy tajriba orttirishi” kabi muammolar hozir ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoldi. Ta’kidlash joizki, fikr erkinligi mamlakat Konstitutsiyasining 12-moddasida “Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”ligi shaklida qat’iy belgilab qo‘yilib “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega”, deb kafolatlanadi. Ushbu imkoniyatlar fikrlar xilma xilligi, turli siyosiy partiyalarning vujudga kelishi, mansabdor shaxslar, davlat organlarining kamchiliklari oshkora tanqid qilinishi mumkinligi sharoitini yaratadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.[94]
Fuqarolik jamiyatining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari ifodalanadi:
- fuqarolik jamiyati siyosiy institutlarni shakllantiradi, davlatga o‘zi zarur, deb hisoblagan me’yorlardagi vakolatlarni beradi. Davlat hokimiyatini taqsimlash asosan saylovlar vositasida amalga oshadi. Hech kim, hech bir guruh, hech bir siyosiy partiya hokimiyatni na amalda, na huquqiy jihatlardan o‘z monopoliyasiga aylantirishiga yo‘l qo‘ymaydi;
- asosiy guruh va ularning vakillari bo‘lg‘an siyosiy partiyalar va harakatlar o‘rtasida ijtimoiy rivojlanishning asosiy g‘oyalari, ideallari va maqsadlariga nisbatan aniq konsensuslarning mavjud bo‘lishi;
- ham huquqiy jihatdan, ham amaliyotda shaxs erkinligi ta’minlanganligi nazarda tutiladi.
Milliy g‘oya maqsadlarining mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish maqsadlari bilan mushtarakligi, uni yanada rivojlantirish istiqbollari.
Milliy g‘oya o‘zlikni anglash, millatga hurmat, milliy tilga munosabat, xalqidan faxrlanish, ajdodlarning olamshumul buyuk ishlaridan g‘ururlanish darajalarini o‘zida qamrab oladi. Zero, milliy g‘oyaning hayotga tadbiq etilishi va demokratik tamoyillarning amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o‘zaro munosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi. Bu uch sub’ektning manfaatlari o‘zaro mos tushgandagina osoyishtalik va barqarorlik, farovonlik amalga oshadi. YOshlarga ana shu xususiyatlar turli yo‘llar bilan, jumladan, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy bilimlar asosida singdirilib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy g‘oya tamoyillaridan foydalanilgan xolda demokratiyaning turli jarayonlari singdirilishi yaxshi samara beradi. Demokratiya tizimining pirovard maqsadi insonlar orzu-umidlarini ruyobga chiqarish ekan, milliy g‘oya bu maqsadga odamlarni ezgulik yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi. SHunday qilib, demokratiya odamlarni turli siyosiy qarashlar, mazhablar, qiziqishlar, intilishlar, kayfiyatlar, etnik o‘ziga xosliklar negizida birlashib harakat qilishlarini taqozo etsa, milliy g‘oya alohida uyushgan fuqarolarni yagona maqsad darajasida jamlanib harakatlanishiga ma’naviy zamin hozirlaydi.
Milliy g‘oya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalqimizning asosiy maqsad va muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklari bo‘lgan erkinlik, demokratiya, mustaqillik g‘oyalari bilan mushtarak bo‘lib, uning metodologik jihatdan tahlil etish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g‘oyasi fuqarolarni mamlakatda demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishiga safarbar etishda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy kuch-quvvatga ega. U fuqarolarni jipslashtiradi va uyushtiradi.

Yüklə 467,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin