Bozorga kirish va chiqish strategiyasi
Biznesning yangi sohasiga kirishning quyidagi asosiy strategiyalarini ko’rib
chiqish mumkin:
-
xarid qilish;
-
yangi ichki korxona;
-
xamkorlikdagi tadbirkorlik.
Xarid qilishda rivojlangan, yaxshi jixozlangan va kerakli xodimlarga ega bo’lgan
kompaniyani xarid qilish mumkin. Yangi ichki korxona biror narsaning (binolar,
asbob-uskunalar, xodimlar, taqsimot kanallarining) yuqligidan yoki boshqacha qilib
aytganda «bir varaq toza qog’ozdan» boshlanadi. Biror strategiyani tanlash bir qator
omillarga bog’liqdir:
-
kirish tusiqlari (ular mahsulotlarning differentsiatsiya darajasiga, qiymat
ustunliklariga va ishlab chiqarish ko’lamidan tejash imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi;
ular qanchalik katta bo’lsa, xarid shunchalik foydali bo’ladi);
-
yangi biznesning kompaniyadagi mavjud bizneslar bilan bog’liqlik darajasiga
(ular qanchalik katta bo’lsa, kirish tusiqlari shunchalik past bo’ladi);
-
kapital qo’yilmalarning o’zini oqlash tezligiga (shunda xarid yanada foydaliroq
bo’lishi mumkin).
-
kirishning muayyan modeliga xos xatarga;
-
tarmoqning xayot tsikli bilan bog’liq omillarga.
Umuman olganda, yangi ichki korxona quyidagi sharoitlarda eng maqbo’l
bo’lishi mumkin:
-
tarmoq tug’ilish yoki o’sish bosqichlarida bo’lsa;
-
kirish tusiqlari past bo’lganda;
-
yangi o’rta korxonalarning mavjud biznesi bilan yaqindan bog’liq bo’lganda;
-
kompaniya investitsiyalarni qaytarish va xatarlar bilan bog’liq tashvishlarga
rozi bo’lsa.
Xarid quyidagi xollarda maqbo’l bo’ladi:
-
yetuklik bosqichidagi tarmoqda;
-
kirish tusiqlari yuqori bo’lganda;
-
yangi biznes mavjud o’rta korxonalarga bog’liq bo’lmaganda (kompaniya
bog’liq bo’lmagan diversifikatsiya strategiyasiga rioya qilganda);
-
kompaniyada investitsiyalarni qaytarish va yangi tadbirkorlik xatari xaqida
ortiqcha tashvishlanishni istamaganda.
Portfel tahliliga oid atamalarda portfeliga «suroq belgilari» ko’proq kerak
bo’lgan kompaniyalar uchun yangi ichki korxona juda mos keladi. Kompaniyaga
«rivojlangan g’oliblar» yoki «daromad ishlab chiqaruvchilar» kerak bo’lganda ham
xaridlar maqsadga muvofiqdir (8.2-jadval).
8.2-jadval
O’rta korxonalar portfelidagi nomutanosiblik belgilari va maqbul kirish
strategiyalari
92
Portfelning kamchiliklari
Kirish strategiyasi
«daromad» ishlab chiqaruvchilarining
kamchiliklari
kompaniyaning yetuk tarmoqlardagi xaridlari
«g’oliblar»ning kamchiliklari
-
«suroq
belgilari»ning
yoki
«rivojlanayotgan
g’oliblar»ning
kamchiligi
paydo
bo’layotgan yoki o’sib borayotgan
sohalardagi ichki tadbirkorlik
SHuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi yetarlicha ishlab
chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning o’rniga portfelda
«kuchuklar» paydo bo’lib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
-
kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda
ko’pincha qiyinchiliklarga duch keladi;
-
kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baho beradilar;
-
sotib olish katta xarajatlarga sabab bo’ladi;
-
kompaniyalar ko’pincha sotib olishdan ko’zlanayotgan maqsadlarni aniq
tasavvur qila olmaydilar.
Daromadlik
darajasi. Pul
yo’qotishlar
8.2-rasm. Biznes xajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri
Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda
yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik
xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin:
-
kirishning ko’lami kichik;
-
yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi;
-
korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi.
Biznes kichik yoki katta bo’lganda bozorga kirish hajmi, daromad va pul
oqimlari o’rtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin.
Biznes kichik bo’lganda zararlar ham kichik bo’ladi, biroq o’zoq muddatli
istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bo’lishiga sabab bo’ladi.
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi
tadbirkorligini afzal ko’radilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi
xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va o’sish
bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi
loyixalarning investitsiyalari va xavfini sug’o’rtalashga imkon beradi.
Katta xajm
Kichik xajm
Vaqt
93
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib o’tish
kerak:
-
investitsiyalarni va xatarlarni sug’urtalashdan tashqari, yangi ishning yetarlicha
daromadli bo’lishi ham kafolatlanishini talab qiladi;
-
bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni
qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin;
-
xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning
ustivor yunalishlari turlicha bo’lganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda
ziddiyatlar vujudga keladi.
Pul
oqimlari
«xosilni yig’ib»
olish strategiyasining
boshlanishi
0
bozor xajmi
Tugatish
8.3-rasm. Hosilni yig’ib olish» strategiyasining pul oqimlariga ta’siri
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» ko’p bo’lsa,
ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» ko’p bo’lganda ham ketish talab qilinadi.
Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega bo’ladi:
-
«echintirish»;
-
«hosilni yig’ib olish»;
-
«tugatish».
«Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning
ichkaridan turib boshqarilishini o’z ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki
ba’zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin
kechadi.
«Xosilni yig’ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini
oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini
ko’paytirish uchun korxona boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki
cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O’tgan
omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 8.3-rasmda keltirilgan.
8.3-jadval
Ketish strategiyasini tanlash
O’rta korxonalarni tavsiflari
Qulay tarmoq
Noqulay tarmoq
«Rivojlanayotgan g’olib»
«Echintirish»
«Yutqazuvchi»
«xosilni yig’ib olish» /
«echintirish»
«xosilni yig’ib olish» yoki
tugatish
«Suroq belgisi»
«Echintirish»
Tugatish
94
Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari sotuvlar xajmi bo’yicha bozorni yo’qotadi, biroq
pul tushumlari xajmi vaqtincha ko’payadi. Bu mablag’lar korporatsiyaning boshqa
o’rta korxonalarini rivojlantirishga sarflanadi. Pul tushimlari kamaysa o’rta korxonalar
faoliyati tugatiladi.
Ketish strategiyasi o’rta korxonalar ta’rifi va tarmoqda raqobatning jadalligiga
qarab tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |