Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə29/138
tarix23.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#120369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138
M.t.t et.Majmua-2022

MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI.
Reja:

  1. Modulli ta’lim haqida tushuncha.

  2. Modulli o‘qitishning xorij tajribasi.

  3. Moduli o‘qitishning nazariy asoslari

  4. Modulli o‘qitishning amaliy ahamiyati.

Tayanch tushunchalar:
Modul, makromodul, o‘qitishni individuallashtirish, mantiqan tugallangan birlik, informatsion blok, fundamental tushuncha, modulli o‘qitish, fiziko-kimyoviy mexanika, biofizika, biogeokimyo, informatsion tizimlar, zamonaviy telekommunikatsiya, informatsiyani yuksalishi.

«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.


Xozirda demokratik davlatlar darajasidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda ilmiy texnika taraqqiyotining xozirgi zamon xolati, ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi.
20 asrning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi o‘zining eng katta sur’atlariga erishdi. Oxirgi xar 10-15 yil ichida ilmiy bilimlarning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marotaba oshib bormoqda.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. Xozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy-texnikaviy informatsiyaning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenta qonuni bo‘yicha rivoji uning ko‘chkisimon o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy informatsiyaning o‘sishi xam, ko‘chkisimon jarayon hisoblanadi. Jahonda xar yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va o‘n minglab dissertatsiyalar ximoya qilinadi.
Informatsiyaning yuksalib borayotgan ko‘chkisimon oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali informatsion tizimlar qo‘llanilmokda.
O‘tgan asrning 70 yillarida ilm-fan va informatsiyaning xozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmidan keskin farq qiladi.
Xozirgi zamon fanining ko‘chkisimon rivoji ikki, uch va undan ortiq fanlari ulanishlarida yangi turdagi fanlar paydo bo‘lishi bilan xam ta’minlanadi. Masalan: biofizika, biogeokimyo, informatika, fiziko-kimyoviy mexanika va xokazo, fan daraxti hosil buladi. Ma’lum fanlar ulanishlaridan tug‘ilgan yangi fan – bu yangi yo‘nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o‘ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o‘stirishi, o‘z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi zarur hisoblanadi. Bunda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali kafolatli natijaga erishish lozim.
Ilm - fan rivojining jadal rivoji va ilmiy - texnikaviy informatsiyaning shunga o‘xshash o‘sishi, informatsiyaning uzatish va qayta ishlash tezligini oshishiga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi Ytadi. Ta’limni individuallashtirilmasdan, zamonaviy informatsion tizimlardan foydalanishni ko‘z oldiga keltirish mumkin emas.
Ilmiy - texnika taraqqiyotini xususiyati muxandislik Ychimlar to‘rini keskin oshishi, materiallarning tezda almashinuvi, texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyasi, boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tadbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi.
Masalan, telefon aloqasining ixtiro qilinishi bilan uni amalga oshirish orasida 56 yil o‘tgan bo‘lsa, radio uchun 35 yil, televizor uchun 14 yil, atom energiyasi uchun 6 yil, tranzistor uchun 5 yil o‘tdi. Xozirgi paytda esa bu muddatlar odatda bir yildan oshmaydi.
Shuning uchun kadrlar tayyorlash tizimi, ularda uzluksiz o‘zgarib turadigan ishlab chiqarish texnika va texnologiya sharoitiga zudlik bilan moslashuvni shakllanishiga yo‘naltirilishi lozim. Ular - bilimini xarakatchanligi, tanqidiy fikrlashuv, kasbiy faoliyatida ijodiylik va moslashuvchanlik kabi xislatlarga ega bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda jadallashayotgan ilmiy texnik taraqqiyotning ortib boradigan talablariga to‘la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘qitishni jadallashtirish, inson organizmini butun imkoniyatini, uning ongini o‘qitishda ishga solish zarur. Ya’ni simvolli ko‘rsatuvli o‘qitishni jadallashtirish zarur. Bu esa o‘quv jarayonida informatsiya berilayotganida, o‘quv materialini strukturalash va tizimga solish, o‘qitishni kompyuterlash, o‘quv televideniyasidan foydalanishni taqozo etadi.
Xar qaysi odam tug‘ilgandan boshlab alohida individium hisoblanadi, ya’ni xar kimning o‘ziga xos aqliy kurtaqlari, ta’lim olishga qobiliyati buladi. Bundan kelib chiqqan xolda, zamonaviy o‘qitish tizimining vazifasi insonning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmogi lozim.
Bu tizim fanlar orasida sun’iy to‘siqlarni saqlab qolib, zamonaviy ta’lim tizimi ehtiyojlariga tobora kamroq javob bermoqda.
Ta’lim tizimi oldida turgan masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan, zamonaviy talablarga ko‘proq moslashgan kadrlar tayyorlashning modul tizimidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bunga alohida e’tibor qaratilgan, undan ta’kidlanganidek "yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan xolda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish" lozim
Modul tizimini ta’lim tizimiga joriy qilinishini jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ta’limning modul tizimi umumiy dasturi turli boshqa o‘quv modullaridan tuzilgan bo‘lib, o‘zining afzal tomonlarini ko‘rsatgan. Masalan Buyuk Britaniyada bilim oluvchilar tomonidan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgan modullarning soni talabalar reytinggida namoyon bo‘lmoqda. Qandaydir o‘quv yurtiga kirayotgan talaba qo‘lida shunday modullarni o‘rganganligi to‘g‘risida ma’lumoti bo‘lsa, kasbiy kvalifikatsiyaga, firmaga yoki mutaxassislikka mo‘ljallashi mumkin. Bundan tashqari ishlayotgan mutaxassisga unda ish tajribasida Ytishmayotgan modulni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega buladi. Agar shu tizimga zaruriyat tug‘ilsa, bunda firma yoki ish beruvchiga mutaxassisning yoshi e’tiborga olinmasdan, zarur mablag bilan ta’minlab, uqitib oladi. Buyuk Britaniyada mukammal bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tizim o‘zini oqlamoqda va talabgorni xam ish beruvchini xam qanoatlantiradi. Bu xolatda xar qanday modulni sifati va o‘quv yurtining ishi tegishli davlat tashkilotlari tomonidan qattiq nazorat qilinadi. Nazorat tizimi va sifati xar bir modulga va yordamchi modullarga soddalashtirilgan xujjatlar yordamida nazorat qilinadi.
Tomsk injener pedagogika universiteti tajribasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, modullar tinglovchilarning kasbiy qiziqishlari asosida tuzilib, Rossiya Federatsiyasining ta’lim vazirligining talablariga javob berishi kerak. Bir modul bitiruv ishini xam o‘z ichiga olgan xolda 72 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Masalan, «Xorijiy tillar» ta’lim yo‘nalishi 2 ta modulga bo‘lingan bo‘lib, bu tayyorgarlik darajasiga qaraladi. Modullarning to‘liq hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Xozirgi davrda tinglovchilarga modullarni tanlash xuquqi berilgan bo‘lib bir yo‘nalish doirasida bo‘lmay turli yo‘nalish va maxsus sharoitga ega bo‘lgan davlat guvoxnomasiga ega buladilar.
Rossiyada modul tizimni qo‘llashda ko‘proq Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanilmoqda.
"Modulli o‘qitish" termini halqaro tushuncha modul bilan bog‘liq bo‘lib, uning ma’nosi - faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u, modulning o‘qitishning asosi vositasi sifatida, tugallangan informatsiya bloki sifatida tushuniladi.
Modul fanning fundamental tushunchalarini - ma’lum xodisa yoki qonun, yoki bo‘lim, yoki ma’lum bir yirik mavzu, yoki o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini o‘z ichiga oladi.
Modul bu o‘quv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘quv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarni o‘rganishga qaratilgandir.
Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u odam bosh miyasining o‘zlashtirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
Modulli o‘qitish asosi inson bosh miyasi to‘qimalarining modulli tashkil etilganiga tayanadi.
O‘qitishning modul tizimi xaqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YuNESKOning Tokiodagi butun jahon konferensiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitish texnologiyasi - funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogik - psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.
Bu sohalardagi izlanishlarga ko‘ra, to‘qimasi modulli tashkil topgan - inson miyasi, informatsiyani kvant ko‘rinishda (boshqacha aytganda ma’lum porsiyalar ko‘rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi.
Fanning tushuntiruv apparatini qat’iy tizimli (ko‘p qirrali) tahlili asosida, eng samarali modul tuziladi. Bu esa fundamental iboralar guruhini ajratish, materialni mantiqan va kompakt guruhlash imkoniyatini beradi. Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo‘lgani uchun, ba’zi xollarda, alohida talabalarga fanni to‘laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli talabalarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tugdiradi.
Modulli o‘qitishda, o‘quv dasturlarini to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o‘qitishni tabaqalash imkoniyati mavjud buladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin buladi.
Modulli o‘qitishga, o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi.
- o‘qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta’minlash;
- o‘qitishni individuallashtirish;
- o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun Ytarli sharoit yaratish;
- o‘qitishni jadallashtirish;
- fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Shunday qilib, modulli o‘qitishda talabalarni o‘z qobiliyatiga ko‘ra bilim olishi uchun to‘la zarur shart - sharoitlar yaratiladi.
O‘qitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog‘liq buladi:
- o‘quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi;
- professor-uqituvchilar tarkibining malakaviy darajasi;
- talabalarning tayyorgarlik darajasi;
- ko‘zlangan natijalar bahosi;
- didaktik materiallar ishlab chiqish;
- natijalarning tahlili va modullarni optimallashtirish.
Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
- ishchi o‘quv rejani chuqur tahlili asosida, o‘zaro chambarchas bog‘liq fanlar guruhi aniqlanadi, ya’ni butun o‘quv rejasi alohida makromodullar to‘plami sifatida qaraladi.
Ko‘pchilik xollarda quyidagi uch turdagi makromodullar tuzilishi mumkin:
a) gumanitar fanlarni o‘z ichiga oladigan;
b) iqtisodiy fanlarni o‘z ichiga oladigan;
v) umumta’lim, umumtexnik, umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘z ichiga oladigan.
Xar qaysi makromodulning mutaxassisni shakllantirishda, o‘z maqsad va vazifasi buladi.
Ma’lum makromodulni o‘rganish maqsadi, unga kiradigan fanlarning o‘rganishi maqsadlaridan kelib chiqadi.
Xar qaysi makromodulning o‘rganalish maqsadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashni bosh maqsadini tashkil etadi.
Xar qaysi makromodulning maqsadi aniq tuzilgan bo‘lib uning birinchi fani o‘rganila boshlaganida, talabalarga Ytkazilishi lozim. Makromodulning xar bir keyingi fani o‘rganila boshlaganida, u fanning o‘rganishi maqsadlari talablarga Ytkazilishi zarur ;
- xar qaysi makromodul ichida, o‘rganiladigan fanlarning optimal ketma-ketligi va ularni o‘rganish muddatlari o‘rnatiladi. Ya’ni o‘qitishning uzluksizligini ta’minlab fanlari o‘rganilish muddatlarini va shu orqali makromodulni o‘rganilishi muddatlarini qisqartirishga erishish zarur.
O‘quv soatlari hajmi katta bo‘lmagan fanlar, blok fanlar ro‘yxatiga kiritilishi, maqsadga muvofiq buladi va ular o‘quv semestirining birinchi yoki ikkinchi yarmida o‘tilishi mumkin.
Makromodullar vertikal yaqin o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olish asosida tuziladi, ammo ularni o‘rganilish muddatlarini o‘rnatishda makromodullar orasidagi gorizontal bog‘liqlar hisobga olinishi lozim:
- o‘quv materialining takrorlanishini oldini olish maqsadida, makromodulga kiruvchi fanlarning, o‘quv dasturlarini o‘zaro bog‘liqligi ta’minlanadi.
Fanning ishchi o‘quv dasturi, alohida mavzularini modulda guruhlanishi hisobidan qaytadan ko‘rib chiqiladi. Xar qaysi modul uchun nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan maqsadlar tuzilishi zarur.
Modul o‘z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog‘liq amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin.
Xar qaysi modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
- talabalarni bilimini nazorat qilish uchun testlar;
- individual ishlar uchun topshiriqlar;
- mustaqil ishlar uchun topshiriqlar;
- o‘quv uslubiy tarqatish materiallar;
- o‘quv - ilmiy adabiyotlar ro‘yxati;
- ishchi o‘quv dastur.
Xar bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim: joriy modul uchun bu o‘tilgan materialni nazorati bo‘lsa, keyingi modul uchun esa bu kirish (boshlang‘ich) nazorati buladi. Xar qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to‘plami tuziladi va ular talabaga mashg‘ulotdan oldin beriladi.
Modul, tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan ta’minlanadi, xar bir talaba materiallarni o‘zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o‘tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog‘liq bo‘lmasdan test sinovlaridan o‘tishlari mumkin. Pedagogning vazifasi-informatsion nazoratidan boshlab, maslahat-muvofiqlashtiruvchigacha o‘zgarishi mumkin.
Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan informatsiyalar beruvchi muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmogi lozim.
Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiradi. Talabalar ma’lum amaliy ko‘nikmalarga ega buladilar.
Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo‘llab, materiallarni blok-sxema, rasmlar bloki ko‘rinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq buladi. Bunda materialning o‘zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki:
- modulning pirovard maqsadi tushunib Ytiladi;
- o‘quv materialining elementlari orasidagi bog‘lanishlar va uning o‘tishlari yaqqol ko‘rsatiladi;
- asosiy jihatlari ajratib ko‘rsatiladi;
- o‘quv materialining (modulning) butun hajmi talabaning ko‘z oldida gavdalanadi.
Modul tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo informatsiyani "siqish" vazifasi ko‘zlanadi.
Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay xolda taqdim etilishiga xarakat qilish lozim.
O‘quv informatsiyasi bir vaqtning o‘zida 4 xil - rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi.
Modulli ta’lim metodikasini tuzishda, bu xolat asos bo‘lib xizmat qiladi. Xar qaysi modul bo‘yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va metodik ko‘rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq buladi.
Rasmlar bloki, sxemalar bloki va boshqa suratli (ko‘rgazmali) materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini xam bajaradilar. Shu bilan bir qatorda xar bir fan, jumladan modul uchun atamalarning izohli lugati tuzilishi ma’qul buladi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin