Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə63/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Savollar:
1.Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar haqida nimalarni bilasiz?
2.Tilning tarixiy taraqqiyoti qanday shakllangan?
3.Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi qanday sodir bo‘lgan?
13-MA’RUZA
Mavzu: Tillarning o’zaro ta’siri va rivojlanish qonuniyatlari
Reja
3.Tillarning o’zaro ta’siri.
4.Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik - tildagi tarixiy-fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi soha sifatida.
1-§. Tillarning o‘zaro ta’siri
Til doimiy harakatda, o‘zgaruvchan, boyib boruvchi va dinamik xarakterli rivojlanishdagi ijtimoiy hodisadir. Til turg‘un dogmatizmdan iborat hodisa emas. Jamiyat rivojlanishdan to‘xtasa til ham rivojlanishdan to‘xtaydi. O‘sha til o‘lik tilga aylanadi. Har qanday tilning rivojlanishida ichk i va tashqi omillar sabab bo‘ladi. Til rivojlanishining ichki omillariga til tizimidagi birliklarning o‘ziga xos tarzda boyib taraqqiy qilib borishi kirsa, tashqi omil esa tillarning ochiq tizim kanligida namoyon bo‘ladi. Bunga birinchi navbatda jamiyat, tillararo munosabat va o‘zaro ta’sir jarayoni kiradi.
Boshqacha qilib aytganimizda ekstralingvistik jarayon tillarning tashqi omil asosida rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri sanaladi. Shu sabab ham tilshunoslik intralingvistika va ekstralingvistika kabi ikki turga bo‘linadi. Intralingvistikani (in) ichki lingvistika (tilshunoslik) deb ham tushunsak bo‘ladi. Intralingvistika til tizimining sistem aloqasini, munosabatini tashqi lingvistikaga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganadi. Tillarning umumiy va xususiy qonuniyatlar asosida taraqqiy qilishini ichki va tashqi tilshunoslikka bo‘lib o‘rganganimizda ko‘ramiz. Ichki qonuniyatlar til sathlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan cheklanadi. Tashqi qonuniyatlar umumiy qonuniyatlar ham deb nomlanib barcha tillarga xos bo‘lgan lisoniy jarayon va hodisalarni o‘rganadi.
Til sathlari tinimsiz taraqqiyotda rivojlanib boradi, ayniqsa leksik sathda kuchli seziladi. Ichki lingvistikaning o‘rganish ob’ekti fonologiya, leksikologiya va grammatika sanaladi. Tovushlar birikib sistem aloqa hosil qilish jarayoni tadqiq qilinadi. Har qanday tovush to‘g‘ri kelgan ikiknchi tovush bilan birika olmaydi. Bu yerda ham ma’lum qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlar ichki lingvistikada o‘rganiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin