Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə89/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

3. Siyosiy fonetika. Bunda bir qancha qarindosh bo’lmagan tillarning tovushlar sistemasi bir-biriga qiyoslanadi: masalan, rus va o’zbek, o’zbek va tojik, ingliz va rus, nemis va o’zbek kabi tillardagi tovushlar qiyoslanib, ulardagi oxshash va nooxshash tomonlar solishtiriladi.
4. Chog’ishtirma fonetika. CHog’ishtirma fonetika qarindosh bo’lgan, bir oilaga mansub tillarning fonetikasini bir-biriga chog’ishtiradi, solishtiradi, taqqsolaydi. SHu yo’l bilan ular o’rtasidagi oxshash va nooxshash tomonlarni o’rganadi.
5. Tavsifiy fonetika. Bunda biror konkret til tovush sostavining hozirgi holati, unlilar, undoshlar, ularga xos belgilar, tovush o’zgarishlari o’rganiladi.
6. Eksperimental fonetikada nutq tovushlari maxsus zamonaviy asboblar yordamida eksperimental yo’l bilan o’rganiladi. SHu yo’l bilan unlilardagi cho’ziqlik, qisqalik, undoshlardagi portlash va sirg’alish xususiyatlari juda aniq belgilanadi.
Savol va topshiriqlar:
1. Fonetika so’zini izohlang.
2. Fonetika nimani o’rganadi?
3. Fonologiya nimani o’rganadi?
4. Fonetika necha xil bo’ladi?
5-seminar mashg’uloti
Mavzu: Tilning leksik taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.
Reja:
1.Neologizmlar
2.Istorizmlar va arxaizmlar
3. Tilning lug’at tarkibi
Jamiyat va xalq hayotidagi turli o‘zgarishlar natijasida til ham takomillashib, rivojlanib boradi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan, madaniyat va texnikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi, birinchi navbatda tilning lug‘at tarkibiga ta’sir qiladi. Tilning lug‘at tarkibida yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘ladi, ayrim so‘zlaming semantikasida o'zgarishlar yuz beradi, ayrim so‘zlar esa eskirib qoladi. Bu barcha tillaming umumiy qonuniyatlaridir. Buni o ‘zbek tili materiallari asosida izohlaymiz.
Tilda hosil bo‘lgan yangi so'zlar neologizmlar (grekcha neos — yangi, logos— so‘z) deyiladi. Lug‘at tarkibi neologizmlar hisobiga boyib boradi. Neologizmlar quyidagi xususiyatlari bilan lug‘at tarkibida ajralib turadi:
1) yangi tushuncha, narsa yoki hodisaning nomini ataydi;
2) avval mavjud bo'lgan narsa yoki hodisaning belgilarini farqlaydi;
3) tildagi vositalami tejaydi;
4) fikmi aniqroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
Neologizmlar tilning ichki zahiralari va boshqa tillardanso‘z qabul qilish, ya’ni tashqi ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Neologizmlar tildagi xususiyatlariga ko‘ra awalo ikki turga bo‘linadi: leksik-semantik va leksik-grammatik. Leksik-semantik neologizmlar o‘z navbatida leksik (unga boshqa tildan o ‘zlashgan so‘zlar ham kiradi) va semantik (unga mavjud so'zlaming yangi ma'noda ishlatilishi kiradi) bo‘ladi. Masalan, o ‘zbek tili lug‘at tarkibida keyingi davrlarda paydo bo’lgan fazogir (kosmonavt), kosmodrom, kosmik kema kabilar leksik neologizmlar hisoblanadi.
O‘zbek tili lug‘at tarkibida ayrim so'zlar eskirdi. Bunday so‘zlar ikki turga ajratiladi: istorizm va arxaizm. Istorizmlar (grekcha historia — tarix) o ‘tmishda mavjud bo’lgan narsa-hodisalaming nomlaridir. Masalan, qozi, ellikboshi, mingboshi, yuzboshi, taxt, kanizak, omoch, sovut kabilar. Bunday so'zlar tarixiy asarlarda o ‘tmishni tasvirlash uchun sharoit taqozosi bilan ishlatiladi. Ba'zan frazeologik istorizmlar ham uchrab turadi (qozilik qilmoq kabi). Istorizmlardan arxaizmlami farqlamoq zarur.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin