Savol va topshiriqlar: Neologizmlar deb nimaga aytiladi?
Istorizmlarga misollar ayting.
Arxaizlar va istorizmlarni bir-biridan farqlang.
6-seminar mashg’uloti Mavzu: Til taraqqiyotidagi semantik o‘zarishlar. Reja: Grammatik usul
Fonetik usul
Semantik usul
So’z o’zlashtirish
Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining, asosan, to ‘rt usuli mavjud: grammatik usul, fonetik usul, semantik usul, so‘z o ‘zlashtirish usuli.
Grammatik usul. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining grammatik usuli tilning so‘z yasash modellari va so‘z yasash usullariga asoslanadi. Har bir tilning o ‘ziga xos so‘z yasash modellari va usullari bor. Grammatik so‘z yasash usullari so‘z yasash asosi va yasalgan so‘z hamda so‘z yasovchi vositalarga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. So‘z yasash asosi va yasalgan so‘zga ko‘ra bir so‘z turkumi doirasida hamda turli so‘z turkumi doirasida bo'ladi: xizmat — xizmatchi — xizmatchilik, son — sana — sanoq.
So‘z yasash vositalariga ko‘ra so‘z qo'shish va affiksal (morfologik) usul bilan so‘z yasash farq qilinadi. So‘z qo‘shish usulida yangi tushuncha ifoda qilish uchun ikki yoki undan ortiq so‘z biriktirilib, bir so‘z holiga keltiriladi. Bu usul bilan qo‘shma so‘zlar hosil qilinadi: muzyorar, temiryo‘l, so‘z boshi va boshqalar. So‘zlami qisqartirish va qo‘shma qisqartma so‘zlar (i abbreviatura — lotincha abbrevio — qisqartirish) hosil qilish qoidalari ham shunga kiradi: O‘zMU — O‘zbekiston Milliy universiteti.
So‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash barcha tillar uchun xosdir. Bu usul ayniqsa qo'shimchasiz, masalan, xitoy, indonez tillarida keng rivojlangan. O‘zbek tilida morfologik (affiksal) usul bilan so‘z yasashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1) suffiksal usul: temir — temirchi, bosh — boshliq; 2) prefiksli usul: davlat — badavlat, tashvish — betashvish, gap — sergap; 3) suffiksalprefik usul: sergaplik, baquvvatlik.