Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə93/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Kalkalab so‘z o‘zlashtirish, asosan, ikki turli bo‘ladi:
1) to ‘liq kalkalash — bunda bir tildagi so‘z yoki ibora ikkinchi bir tilga to‘Iiq taijima qilinadi: poluprovodnik — yarim o‘tkazgich, radioperedacha — radio eshittirish, ledokol — muzyorar, vzaimodeystviye — o‘zaro harakat;
2) yarim kalkalash — bunda kalkalanayotgan so‘z yoki ibora har ikki til elementlari orqali ifoda qilinadi: mashinostroye— mashinasozlik, avtomatchik — avtomatchi, elektronno-vыchislitelnaya mashina — elektron-hisoblash mashinasi, shturmovaya aviatsiya — shturmchi aviatsiya kabi.
Ba’zi terminlami o ‘zlashtirishda so‘zning yasovchi elementlari o'zbekcha qo‘shimchalar bilan almashtiriladi. Bu jarayon o'zlashtirilayotgan so‘zning o‘zagini so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ajratish mumkin bo'lganda, bu o ‘zbek tilida mustaqil holda ma'lum tushuncha ifoda qila olganda yuz beradi:
gvardeyets — gvardiyachi, avtomatchik — avtomatchi.Kalkalash yo‘li bilan paydo bo‘ladigan konstruksiyalaming ko‘pchiIigi birikma atamalardir: nablyudatelnыy punkt — kuzatish punkti, ximicheskaya — kimyoviy urush va boshqalar.
Savol va topshiriqlar:

  1. Til lug‘at tarkibi taraqqiyotining usullarini sanab bering.

  2. Grammatik usul yordamida qanday so’zlar yasaladi?

  3. Fonetik usul bilan so’zlar hosil qiling.

  4. Kalkalab so’z o’zlashtirish deganda nimani tushunasiz?

7-seminar mashg’uloti
Mavzu: Yozuv va uning tarixiy ko‘rinishlari.
Reja:

  1. Yozuv turlari.

  2. Piktografik, ideografik yozuvlar

  3. Logografik va fonografik yozuvlar.

O‘tmishda, hozirgi zamon yozuvlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday yozuv piktografik yozuv deb nom olgan.
Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) yozuv deb ataladi. Piktografik yozuvda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshlig’i otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshlig’ining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
Piktografik yozuv asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) yozuv paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) yozuv deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik yozuvning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu yozuv qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan. Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir.
Logografik (so‘z yozaman) yozuvning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik yozuvdir (muqaddas yozuv). Bu yozuv qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq lug’atlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi. Xitoy yozuvi dunyodagi noyob yozuvlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan yozuvlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va Shumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu yozuv o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.
Yozuvning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi:
Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik yozuvga o‘tish bo‘ldi. Fonogrfik yozuv. Ayrim yozuvlar, masalan, piktogramma, sillabogramma  (bo‘g’in yozuv) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi. Yozuv taraqqiyotida harf-yozuv davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu yozuvdan foydalanadi. Harf tovush yozuvi hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil Yozuv sistemasidan iborat. Lotin yozuvi asosidagi yozuvdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa yozuvidan 10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin