Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə96/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Tovush moslashuvi- bir tovush boshqa tovushni o‘ziga moslashtiradi: manba-mamba, shanba-shamba, yonbosh-yombosh,
sunbula-sumbula, tanbur-tambur.
Gaplologiya hodisasi. Gaplologiya hodisasi ko‘ra so‘z tarkibidagi ma’lum bir bo‘g‘inning to‘liq tushib qolishi nazarda tutiladi: qayin og‘a –qaynog‘a, qayin ona – qaynona kabi.
Diareza hodisasi. Diareza hodisasida so‘z talaffuzi paytida biror tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi. Bu hodisa faqat talaffuz shakliga xos. Yozma shaklida asliga muvofiq to‘g‘rilab yoziladi. Masalan: Samarqand – Samarqan, go‘sht –go‘sh, past – pas kabi.
Savol va topshiriqlar:

  1. Pozitsion o‘zgarishlar necha xil bo’ladi?

  2. Kombinator o‘zgarishlariga qaysilar kiradi?

  3. Qaysi fonetik hodisa ikkita o‘xshash tovushning noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasi hisoblanadi?

  4. Qaysi fonetik hodisada so‘z talaffuzi paytida biror tovushning tushirilib qoldirilishi nazarda tutiladi.

9-seminar mashg’uloti
Mavzu: Tilshunoslik va tabiiy fanlar
Reja:

  1. Tilshunoslik va biologiya.

  2. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati.

  3. Neyrolingvistika

Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi. Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir.
Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bo‘lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‘shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‘shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‘ladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin