Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə104/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Etnolingvistika (etno... va lingvistika) — tilshunoslikning til va til egasi boʻlgan xalq orasidagi bogʻliqdik hamda munosabatlarni, til rivoji vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik omillarning birgalikdagi taʼsirini oʻrganuvchi sohasi. Til bilan etnik xususiyatlarning oʻzaro munosabati, bir-biriga taʼsiri ikki tomonlama boʻladi: etnik omillar (etnosning urfodatlari, milliy anʼanalari, falsafiy, diniy qarashlari va boshqalar)ning til rivojiga taʼsiri va, aksincha, til vazifaviy imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy taʼsiri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning qanchalik hissa qoʻshganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik, mushtaraklik yoki ularning bir-biridan ajralish, uzoqlashish xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal lingvistika, lingvistik geografiya, dialektologiya, til tarixi, sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega boʻlmagan xalqlarning etnografiyasini oʻrganishda, ularning tillaridagi etnik xususiyatlar bilan bogʻliq lisoniy materiallarni toʻplash va tadqiq qilishda qoʻl keladi.


Savol va topshiriqlar:

  1. Kompyuter lingvistikasida qo’llaniladigan lingvistik vositalar necha qismdan iborat?

  2. Bugungi kunda o’zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan qanday vazifalar belgilangan?

  3. Etnolingvistika tilshunoslikning qaysi tomonlarini o’rganuvchi soha?



Tilshunoslik nazariyasi” fanidan mustaqil ta’lim mavzulari


“Tilshunoslik nazariyasi” fanining maqsad va vazifalari.

Til va jamiyat

Tilning ijtimoiy tabiati

Tilning tizim sifalidagi mohiyati.

Sotsiolingvistika. Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy tillar.

Tillarning chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Substrat va superstat hodisasi.

Yozuv – madaniy taraqqiyot mahsuli

O’zbek xalqining yozuv tarixi. Alifbo va imlo masalasining davlat ahamiyatiga molik ekanligi.

Til birliklari o‘rtasidagi munosabatlar

Til – ramzlar tizimi

Tilshunoslik va semiotika.

Tilshunoslik fani bo’limlari.

Til birliklari va nutq birliklari.

Til birliklarning alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.

Tilning fonetik-fonologik sathi

Fonetik o‘zgarishlar. Bo‘g‘in. Urg‘u.

Fonema nazariyasi tarixidan.

Fonemalar haqida turli fonologik maktab vakillarining fikrlarini o‘rganish.

Kombinator va pozitsion tovush o‘zgarishlari

Tilshunoslik va tabiiy fanlar

Tilshunoslikning taraqqiyot bosqichlari

Tilshunoslik maktablari.

Tilshunoslik maktablari ta’limotlarining asosiy mohiyati

Leksemaning til birligi sifatidagi mohiyati.

Leksemaning semantik tabiati: leksema, semema va sema.

Lug‘aviy sath taraqqiyotining ichki va tashqi manbaalari.

Lug‘aviy birliklarning qo‘llanish doirasiga ko‘ra guruhlanishi: iste’mol doirasi chegaralangan va keng iste’mol qatlami.

Terminlarning monosemantik xarakteri.

Frazemalarning semantik turlari: omonim, sinonim, antonim iboralar.

Tilning grammatik sathi.

Morfologiya va uning o’rganish ob’ekti

Grammatika va grammatik ta’limotlar

Sintaksis so’z birikmasi va gap haqidagi ta’limot

Lisoniy tadqiqotlarga xos paradigmalar

Grammatika - til strukturasini o‘rganuvchi soha sifatida.

Grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar.

Tillarning shakllanishi va rivojlanishi

Sharq mutafakkirlarining til shakllanishiga oid qarashlari.

Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanish qonuniyatlari

Dunyo tillari tavsifi va tillar tasnifi

Til oilalari. Hind-evropa tillari oilasi. Roman tillari.

Turkiy tillar oilasi. Qo’shimchali va qo’shimchasiz tillar. Agglyutinativ, flektiv tillar.

Tilshunoslik metodlari.

Kompyuter lingvistikasi.

Etnolingvistika.


GLOSSARIY



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin