Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiya (grekcha marphe — shakl, logos — ta’minot) — so‘zlarning grammatik guruhlari, so‘z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriyalami o'rganadi. Sintaksis (grekcha syn — birga, taxis — qurilish) so‘zlami biriktirish yo‘li bilan gap tuzish va binobarin, gap ifodalagan fikmi to ‘g‘ri va aniq mazmunda yetkazish yo‘llarini o‘rganadi. Morfologiya sintaksisga bo‘ysunadi. Chunki morfologiya alohida so‘zlaming shakllari, tilning eng kichik ma'nodor birligi hisoblanuvchi morfemalarning turlarini o ‘rgansa, sintaksis so‘z birikmalari va gap tuzishda ulaming shakl va mazmun jihatlarini mutanosib ravishda qaraydi.
Grammatik ma’no. So‘z — umumlashtiruvchi ma'noga ega. Masalan, “paxta” so‘zi ham ko‘chat, ham undan olingan mahsulotni ifodalaydi. Bu uning aniq ma’nolari. Lekin “paxta” so‘zi “ko'chat” va “mahsulot”larning barcha turlarini atashi uning umumlashtiruvchi ma'nosidir. Biroq bu so‘zga -kor yasovchi sufflksini qo‘shilsa — “paxtakor”, ya’ni paxta ekish va uni yig‘ib-terib oluvchi shaxsning kasbini ko‘rsatadi. “Paxtakor” so‘ziga yana beshta qo‘shimcha va suffikslar qo‘shish mumkin: paxtakor-lar- i-miz-da-gi. Bunda -lar — ko‘plik shaklini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha, -i — egalik shaklini ifodalovchi qo‘shimcha, -miz — shaxs-son qo‘shimchasi, -da — o ‘rin-payt va -gi — chiqish kelishiklari qo'shimchalari hisoblanadi. “Paxtakor” so‘zidagidek -kor suffiksi yordamida yasaigan bunyodkop, lavlagikor kabi shaxsning kasbini ifodalovchi so‘zlar mavjud.
Grammatik shakllar (resp. grammatik ko‘rsatkich, gram-matik shakl, morfologik shakl, morfologik ko‘rsatkich, morfologik vosita atamalari bunda ma’nodosh terminlar sifatida qo‘llanadi) tasnifi tilshunoslik, jumladan, o‘rta va oliy ta’lim grammatik tizimining muhim tushunchalaridan biri bo‘lganligi sababli, hamma davrning dolzarb mavzusi bo‘lib kelgan. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili grammatik ko‘rsatkichlarining tasnifi yaratildi, ammo xulosalar avval arab, keyinchalik rus tili grammatik me’yorlariga asoslangan holda berib kelindi. O‘zbek tilida grammatik ko‘rsatkichlarga nisbatan forma hosil qiluvchilar deb qaralib, u ikkiga – so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchilarga bo‘linardi. So‘z o‘zgartiruvchilar sifatida so‘zlarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajaruvchi egalik, kelishik va shaxs-son qo‘shimchalari ajratilsa, shakl hosil qiluvchilarga so‘z ma’nosiga biroz ta’sir etadigan, ammo yangi ma’noli so‘z hosil qilmaydigan deb ta’-riflanadigan ko‘rsatkichlar kiritilardi. Diqqat qilinsa, bu qo‘shimchalarning biri lug‘aviy, ikkinchisi sintaktik vazifa bilan bog‘liq.
Grammatik ma’no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga kelgan umumiy tushunchalami ifodalovchi tildagi xususiyatlar erammatik kateeoriva deb yuritiladi. Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria) narsalarga tegishli xususiyatlar ma'nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir yo‘la grammatik m a'no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo‘lib, turli tillarda soni va xususiyatlari bilan farq qiladi.So‘zlaming shakli va ma’no jihatiga ko‘ra tildagi sintaktik funksiyasi belgilanadi. Grammatik kategoriya tushunchasi grammatik ma’nolaming butun bir guruhini qamrab oladi.Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik ma'noni o ‘z ichiga oladi. Masalan, otlarga tegishii birlik va ko'plik shakllarini qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma’no hech vaqt grammatik kategoriyaga ega bo‘la olmaydi.
Otlarga tegishli bo‘lgan kelishik, son, rod (rus tilida), aniqlik-noaniqlik (yordamchi so‘z turkumi hisoblanuvchi artikl bo‘lgan tiliarda) grammatik kategoriyalari turli tillarda mavjud.
So’z birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklaridir. Shunga ko’ra, sintaksis uchga bo’linadi:
so’z shakli sintaksisi;
so’z birikmasi sintaksisi;
gap sintaksisi;
So’zlarning nutqda o’zaro aloqaga kirishuvidan so’z qo’shilmalari vujudga keladi. So’z qo’shilmalarini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
gap (osmon tip-tiniq);
so’z birikmasi (tip-tiniq osmon);
Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So’z birikmasi fikr emas, balki so’z kabi tushuncha ifodalaydi. (Biroq so’z birikmasi ifodalagan tushuncha so’z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko’rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap bo’lib, so’z birikmasi so’z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir.
Sintaktik birliklar – gap va so’z birikmalari – so’zlarning qo’shilishidan hosil bo’lishi, bu qo’shilishning esa turli vosita (qo’shimchalar, yordamchi so’zlar) va usul (masalan, tobe aloqaning turlari) lar orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko’rsatadi. Demak, nutqda:
1.So’z boshqa so’z bilan tobe yoki hokim mavqeda bog’lanadi. Buning uchun u ma‘lum bir grammatik shaklga ega bo’ladi (uyga bormoq, a‘lochi o’quvchi). Grammatik shakllangan so’z sintaksisi so’z shakl sintaksisi deb yuritiladi.
2.So’zlar o’zaro sintaktik bog’lanib, tushuncha ifodalovchi birlik - so’z birikmasi vujudga keladi. So’zlarning o’zaro birikib tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatlarini o’rganish so’z birikmasi sintaksisining vazifasidir.
3.So’zlar o’zaro bog’lanib, fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik - gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyatlari bilan gap sintaksisi mashg’ul bo’ladi.