Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə103/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

Savol va topshiriqlar:
1.Lisoniy paradigma va munosabatlarning asosiy turlari deganda nimsalarni tushunasiz?
2.Til va tafakkur birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini nimalardan iborat?
3.Lisoniy tasnif asoslari Til ham, nutq ham aloqa vositasi. Farqlari nima?
4.Munosabat tushunchasini sharhlang.
5.Pradigmatik munosabat va uning turlari haqida gapiring.
6.Iyerarxik munosabat nima va uning qanday turlari bor?
7.Sintagmatik munosabat haqida gapiring.


15-seminar mashg’ulot
Mavzu: Kompyuter linglikasi. Etnolingvistika
Reja:

  1. Kompyuter lingvistikasi.

  2. Etnolingvistika

Kompyuter lingvistikasida qo’llaniladigan va yaratiladigan linvistik vositalarni shartli ravishda ikkiga qismga bo’lish mumkin: deklarativ hamda protsedura qismlari. Deklarativ qismga til va nutq birliklari lug’ati, grammatik ma’lumotnomalar, matnlar korpusi kabilarni kiritish mumkin. Protsedura qismi esa yuqoridagi lingvistik ta’minot bazasini boshqarish vositalarini (algoritmlar tuzish, dasturlar yaratish, kompyuter analizi va sintezi kabilar) o’z ichiga oladi.
O’zbek tili materiallari bo’yicha kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqot olib borgan olimlar sifatida H.Arziqulov, S.Rizaev, S.Muhamedov, A.Po’latov, S.Muhamedova, N.Jo’rayevalarni ko’rsatish mumkin. Olimlar asosan statistik tahlil, algoritmlash, o’zbek tilining aksiomatik nazariyasi, fe’llarning kompyuter analizi va sintezi kabi yo’nalishlar bo’yicha izlanishlarni amalga oshirganlar. O’zbek tilshunosligidagi kompyuter lingvistikasining boshqa yo’nalishlari esa o’z tadqiqotchilarini kutmoqda. Shunga ko’ra, bugungi kunda o’zbek tilshunosligining kompyuter bilan bog’liq holda hal etilishi lozim bo’lgan quyidagi vazifalarni ta'kidlab ko’rsatish mumkin:
1. O’zbek tilining kompyuter uslubini yaratish.
2. Axborot matnlaridagi qoliplilik, qisqalik standartlarini ishlab chiqish.
3. Kompyuter izohli va tarjima lug’atlarini yaratish.
4. O’zbek tili va adabiyoti darsliklarining elektron versiyalarini ishlab chiqish.
5. Kompyuterda inglizcha-o’zbekcha tarjima dasturlarini ishlab chiqish.
6. Kompyuterdagi matnlarni avtomatik tahrirlash dasturlarini yaratish.
7. O’zbek tili grammatikasining kompyuter modelini yaratish.
8. "Inglizcha-o’zbekcha tarjimon" kompyuter dasturini ishlab chiqish.
9. O’zbek tilidagi matnlarni tahrir qilish dasturlarini yaratish.
10. O’zbek tilidagi "Windows" operatsion tizimini yaratish.
11. Inglizcha-o’zbekcha, o’zbekcha-inglizcha kompyuter lug’atlarini ishlab chiqish.
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanadi, u nazariy tilshunoslik yutuqlaridan foydalanadi, oziqlanadi. Kompyuter lingvistikasi va nazariy tilshunoslik bir-birini to’ldiradi. Kompyuter lingvistikasida til insondan tashqarida mavhum sistema sifatida, L.Yelmslev ta’rifi bilan aytganda “sof munosabatlar tizimi” sifatida tavsiflanadi. Kompyuter lingvistikasi va klassik (mumtoz) tilshunoslik orasidagi farq quyidagi nuqtalarda ko’rinadi:
- Mumtoz tilshunoslikda til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda ko’rib chiqiladi. Ya’ni mumtoz tilshunoslik insonga yo’naltirilgan bo’ladi va uning faol ishtirokida qabul qilinadi.
Kompyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida insonni istisno qiladi va u ko’proq kompyuterga moslashtiriladi.
- Mumtoz tilshunoslik ko’proq tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasi esa masalani miqdoriy xarakteristikalar va aniq parametrlar asosida hal qiladi. Demak, mumtoz tilshunoslik ko’proq tavsifiy bayonga asoslansa, kompyuter lingvistikasi miqdoriy (kvantitativ) tavsifga, algoritmlash, modellashtirish, statistik tahlilga asoslanadi.
- Mumtoz tilshunoslik ko’proq nazariy xarakterga ega bo’lib, tilshunoslikning nazariy masalalari bilan shug’ullanadi. Kompyuter lingvistikasi esa amaliy harakterga ega bo’lib, til bilan bog’liq muammolarning amaliy jihatlariga e’tibor qaratadi hamda uni aniq maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, metodlar, tizimlar yordamida hal etish bilan shug’ullanadi.
- Mumtoz tilshunoslikning tahlil obyekti tabiiy til hisoblanadi va tahlilda uning mavjud barcha imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Kompyuter lingvistikasida esa ko’proq sun’iy tillarga (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi, tabiiy tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib (NLP), kompyuterga moslashtiriladi.
Fanlar hamisha o’zaro uzviy bog’liqlik va hamkorlikda ish ko’radi, ular birbirisiz yashay olmaydi. Jumladan, kompyuter lingvistikasi fani ham bundan mustasno emas. Kompyuter lingvistikasi mantiq, informatika, statistika, semiotika, kibernetika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalari bilan o’zaro aloqadorlikda ish ko’radi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin