turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir belgiga ko‘ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga aylanadi. Natijada leksemaning og’zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar kabi.
Differensiatsiya prinsipi
Differentsiruyuщiy
Differentiates
Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra shakli bir xil bo‘lgan (omonim) yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan (paronim) so‘zlar yozuvda diakritik belgilarni ishlatish orqali farqlanadi
Diskussiya
Diskussiya
Discussion
1) qandaydir bir masalani suhbatda, majlisda, bosmada va hokazoda muhokama, munozara qilish; 2) masalani umumiy yechimini ishlab chiqishga yordam beruvchi qo‘shma faoliyatni tashkil etish usuli; 3) o‘quvchilarni birgalikdagi xaqiqatgni izlashga qo‘shish hisobiga Ta’lim jarayoni samarasini oshiruvchi Ta’lim uslubi.
Eliziya
Eliziya
Elision
sandhi holatda qator kelgan har xil turdagi ikki unlidan birining tushib qolishi hodisasidir. Sinerezis hodisasida qator kelgan unlilar o‘zaro birikib, bir unliga aylansa, eliziya hodisalarida bu unlilardan biri tushib qoladi . Ana shu xususiyatlari bilan bu hodisalar bir-biridan farq qiladi