Urganch davlat pedagogika instituti umumiy filologiya kafedrasi "tasdiqlayman"



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə102/113
tarix03.10.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#151654
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113
til nazariyasi uchun ma\'ruza

3. Iyerarxik munosabat. Lisoniy birliklar orasida iyerarxik, ya’ni pog‘onali munosabat ham mavjud. Pog‘onali munosabat deganda birlikning boshqasi tomonidan qamrab olinishi tushuniladi. Masalan, Halimva Karimleksemalari erkak kishining ismlari bo‘lib, ayolning ismi bo‘lgan Halima, Salima leksemalariga qarama-qarshi turadi. Lekin ularning barchasini ism leksemasi qamrab oladi. Ismleksemasi esa, nomleksemasi bilan birgalikda, ot leksemasi tomonidan qamrab olinadi.
Bu pog‘ona yuqori va quyi yo‘nalishda yana davom ettirilishi mumkin. Demak, Salim, ism, otleksemalaripog‘onalimunosabatgakirishgan; Salim so‘zi ism so‘zitarkibiga, ism so‘ziesa ot so‘zi tarkibiga kiradi. Lisoniy birliklarning pog‘onali munosabati ikki xil.
Masalan, daraxt vatan , ildiz, barg, shox birliklarining o‘zaro munosabati daraxt leksemasi bilan olma, o‘rik, nok, gilos leksemalarining o‘zaro munosabatidan farq qiladi. Oldingi pog‘onali munosabatda daraxt butunni va qolganlari qismni ifodalasa, keyingisida daraxt turni ifodalab, mevaning muayyan nomini ifodalovchi birliklar turning ko‘rinishi – jins sifatida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi munosabatdagi birliklar daraxt leksemasining xususiy ko‘rinishi – juz’iylashishi. Birinchisida esa bunday munosabat mavjud emas. Shu boisdan Gilos daraxtdir tarzidagi hukmni aytish mantiqiy. Biroq Ildiz daraxtdir deyish mumkin emas. Tilshunoslikda lisoniy birlikning butunbo‘lak munosabati partonimik (part – qism, bo‘lak), tur-jins munosabati giponimik munosabat deyiladi. Partonimik munosabatga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonim, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponim deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonimdir.
Paradigmatik munosabatga kirishayotgan birliklar teng qiymatli bo‘lsa, pog‘onali munosabatga kirishayotgan birliklar o‘zaro “kattaning kichikka”, “tashqining ichkiga”, “butunning bo‘lakka” munosabatini o‘zlarida ifodalaydi va teng qiymatli bo‘lmaydi.
4.Sintagmatik munosabat. Yana yuqoridagi qulf va kalitlar haqidagi misolga qaytamiz. Kalitlararo munosabat paradigmatik munosabatga qiyoslangan edi. Qulf va kalit orasidagi munosabat sintagmatik munosabatga o‘xshaydi. Kitob... berdi gapi tarkibiga kirgan tushum kelishigi shakli kitob so‘zi bilan sintagmatik munosabat asosida sintaktik aloqaga kirishgan.
Til birliklarining chiziqsimon, ketma-ketlik aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi. Aslida sintagmatik munosabat ham lisonda imkoniyat sifatida yashaydi. Masalan, [kitob] leksemasining qanday so‘zlarni biriktira olish va qanday so‘zlarga birika olish (valentlik) imkoniyati uning lisoniy mohiyatida mavjud. Sintagmatik munosabatni sintaktik aloqadan farqlash lozim.
Sintagmatik munosabat lisoniy birlikning valentlik (birikish, biriktirish) imkoniyati bo‘lsa, sintaktik aloqa bu imkoniyatning nutqiy voqelanishi. Gap tarkibidagi bo‘laklarning nutqiy hokim-tobelik aloqasi leksemalarning lisoniy sintagmatik munosabati asosida sintaktik aloqa sifatida shakllanadi. Masalan, o‘qimoq leksemasi kitob leksemasi bilan birikish imkoniyatiga ega. Bu imkoniyat kitobni o’qimoq, o’qilgan kitob, Kitob o’qildi nutqiy hodisalarida sintaktik aloqaga aylangan.
Demak, sintagmatik munosabat va sintaktik aloqani butunlay boshqaboshqa hodisalar deb ham, shuningdek, bir-biriga aynan tenglashtirish, birbirini qoplovchi tushuncha sifatida qarash ham mumkin emas. Sintagmatik munosabat va sintaktik aloqa butun-bo‘lak munosabatida. Boshqacha aytganda, sintaktik aloqa – sintagmatik munosabatning bir ko‘rinishi. Demak, lisoniy birliklarning shartli vertikal aloqasi paradigmatik munosabat bo‘lsa, gorizantal aloqasi sintagmatik munosabat deyiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin